Gajjak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gajjak — meʼmorlikda ravoqlar koʻndalang kesishishi natijasida paydo boʻlgan kalqonsimon shakl. Xona devorlari ustiga, ravoqlar qatori orasiga ishlanadi. G. yordamida xona devorlariga oʻrnatilgan ravoklar doyra holiga keltiriladi. G. gʻoʻlalarining yugʻonligi ravoqpar orasining kengligiga bogʻliq bulib, kichik binolarda G. kesmasining har tomoni 8—12 sm ga baravar buladi. G.ning uchlari bir-biriga va negizlari ravokdarga tiralib turadi. Baʼzan ravoq oralariga G. oʻrnatilmay, hoshiya gʻishtlari gumbaz negiziga moslab teriladi. G.ning ustma-ust ishlangan murakkab turi ham keng qoʻllanilgan. Gumbaz os-tidagi halqa devor ravoq bilan G.ning tepasidan oʻtadi, shu sababli G. poyalari ravoq yoyining taxminan yarim balandligiga tiralib, uchlari esa ravoq uchlari bilan bir xil balandlikda bulishi lozim.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil