Gagarin shahri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gagarin shahri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kosmosga parvoz qilganidan keyin millionlar kumiriga aylangan Yuriy Gagarin do‘stlik va tinchlik missiyasi bilan xorij safarlariga chiqdi. 1961-yil 29-noyabrga o‘tar kechasi bortida birinchi kosmonavt bo‘lgan, Moskvadan Dehliga uchayotgan samolyot yoqilg‘i to‘ldirib olish uchun Toshkent aeroportida to‘xtadi. Buni „Pravda Vostoka“ gazetasi muxbiri Georgiy Dimovning qizi Irina eslaydi.[1]

Kosmonavtning Toshkentda qisqa to‘xtashi haqida faqat yuqori rahbariyat bilgan bo‘lsa-da, jurnalist va uning qizi Gagarin bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘ldi.

Muxbirga uchrashuv haqida yozish taqiqlangan, ammo ertasi kuni ertalab intervyular va fotosuratlar nashr etilgan. 1961-yil dekabr oyida Toshkentda Yuriy Gagarinni rasmiy va tantanali qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Minglab odamlar birinchi kosmonavtni kutib olish uchun ko‘chalarga chiqishdi. Toshkentliklar aeroportdan shahar markazigacha bo‘lgan yo‘lni to‘ldirishdi. Gagarin korteji yurgan yo‘l gullarga to‘la edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]