Kontent qismiga oʻtish

Gagalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gagalar (Somateria) — gʻozsimonlar turkumining oʻrdaksimonlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. Yevropa, Osiyo, Shim.Amerikada yashaydigan yirik dengiz oʻrdaklari; 4 turi mavjud. Boshi katta, boʻyni qisqa, tumshugʻi keng va kalta. Ogʻirligi 3 kg gacha. Uyasini tundra yoki dengiz oralariga quradi. Koloniyadagi uyalar soni 10 minggacha yetganligi maʼlum. Odatda 4—5 ta tuxum qoʻyadi. Modasi 24—27 kun tuxum bosadi. Tuxumdan chiqqan bolalari 1,5—2 sutka-dan keyin modasi bilan dengizga tushib ketadi. Oddiy G. (S. mollssima)HHHr yumshoq parlari issiqlik saqlash xususiyatiga ega. Har bir uyada 18—20 g toza par boʻladi. G. parlarini yigʻish kadimdan maʼlum. G. tuxumlarini yigʻish, pari uchun koʻplab ovlash natijasida 20-asr boshlarida soni kamayib ketgan edi. Himoya choralari koʻrilishi muno-sabati bilan soni va areali tiklandi. Koʻzoynakli gaga (S. fi scheri), togʻ gagasi (S. spectabilis), kichik yoki sibir gagasi (Polysticta stelleri) koloniya boʻlib koʻpaymaydi. G. dengiz umurtqasizlari, mollyuskalari bilan oziqlanadi.Oddiy gaga (nari va modasi).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil