Kontent qismiga oʻtish

Gadolinit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gadolinit (fin kimyogari Yu. Gadolin nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi Y2Fe22+Be2[0 (SiO4)]2. Monoklin singoniyali. Kam tarqalgan, prizmatik kristallar, yaxlit donachalar. Rangi qora, qoʻngʻir, koʻkimtir-qora, baʼzan rangsiz. Yaltiroqligi mumsimon. Qatgikligi 6,5—7. S. of. 4,0—4,7. Topaz, flyuorit, kassiterit, sirkon, granat, ortit, fergusonit minerallari bilan birga uchraydi. Oʻzbekistonda G. Chatqol-Qurama togʻlaridagi granitoidlar va pegmatitlar, Gʻarbiy Oʻzbekistondagi rudali skarnlar (Ingichka)da uchraydi. G. konlari Rossiyada Kola yarim orolda (Keyvi), Italiyada (Baveno), Norvegiyada (Iveland) va AQShda (Lyako) topilgan. Berilliy va ittriy olinadigan ruda.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil