Gabronemoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gabronemoz, gabronematoz — toq tuyoqli hayvonlar, asosan, otlarda Habronema turkumiga mansub nematodalar qoʻzgʻatadigan gelmintoz kasalliklar. Hamma joyda, ayniqsa Yer yuzining jan. zonalarida tarqalgan. G. kuzgʻatuvchilari mayda nematodalar (uz. 8–12 mm) oraliq xoʻjayinlar (asosan pashshalar, koʻproq vizildoq pashshalar) ishtirokida rivojlanadi. Yetuk parazitlar meʼdada joylashib, uning shilliq kavatini shikastlaydi, bezlarning atrofiyaga uchrashiga sabab boʻladi. Lichinkalari teri va oʻpkada yaralar hosil qiladi. Kasal hayvonlarda kataral gastroenteritlar, ozib ketish kuzatiladi. Meʼda G.ini davolashda uglerod xlorid (SS12) va yod eritmasi ishlatiladi. Teri yaralari G.ida 2—3% tripan yashili eritmasi bilan ishlov beriladi.

Oldini olish: pashshalarga qarshi kurash.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil