Kontent qismiga oʻtish

Penoplastlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G‘ovak polimer materiallardan yoʻnaltirildi)

Penoplastlar, gʻovak polimer materiallar — gaz bilan toʻldirilgan plastmassalar. Gaz bir-biriga tutashmagan boʻshliq (katak)lar ichida boʻladi. P.ning hajmiy massasi kichik; issiklik, tovush, suv va elektr oʻtkazmaydi. P.ning xossasi koʻpiklanish darajasi, gʻovaklarining tuzilishi va polimerning kimyoviy tabiatiga bogʻliq.

P. polimerlarni yuqori elastik holatda koʻpiklashtirish va qovushoqsuyuq polimer kompozitsiyasini koʻpiklashtirish usulida tayyorlanadi.

P. kuch konstruksiyalarining mustax,kamligini oshirish maqsadida ularning elementlariga, yuqori elastik xususiyatga ega boʻlgan materiallarga toʻldirgich sifatida, konstruksion elementlarda issiklikni izolyasiyalashda ishlatiladi. Radio va elektr texnika qurilmalarida, suzish qurilmalarining choʻkmaydigan qismlari va detallarini tayyorlashda, mebellar, kiyimlar ishlab chiqarish va boshqalarda qoʻllanadi. P. tayyor presslangan va yarim fabrikat holda chiqariladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil