Gʻalaba choʻqqisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G‘alaba cho‘qqisidan yoʻnaltirildi)
Gʻalaba choʻqqisi

Gʻalaba choʻqqisi bazaviy lagerdan ko'rinishi
Boshqa nomi (qirgʻizcha: Жеңиш чокусу, xitoycha: 托木尔峰, uygʻurcha: Томур)
Koordinatalar 42°02′15″N 80°07′30″E / 42.03750°N 80.12500°E / 42.03750; 80.12500 G OKoordinatalari: 42°02′15″N 80°07′30″E / 42.03750°N 80.12500°E / 42.03750; 80.12500 G O
Togʻ tizmasi Tyan-Shan
Choʻqqisi 7439
Ilk koʻtarilishi 1938 yoki 1956 (Sovet ekspeditsiyasi)


Gʻalaba choʻqqisi (qirgʻizcha: Жеңиш чокусу, xitoycha: 托木尔峰, uygʻurcha: Томур) - Tyanshan togʻlaridagi eng baland choʻqqi. Balandligi 7439 m. Qaqshaltov tizmasida, Xontangri choʻqqisidan 20 km janubida. Yon bagʻirlarida yirik muzliklar bor. Gʻalaba choʻqqisiga birinchi marta (1938-yilda) A.A. Letavet boshchiligidagi ekspeditsiya chiqqan. 1943-yilda P.N.Rapasov boshchiligidagi ekspeditsiya choʻqqining haqiqiy balandligini aniqladi va unga Gʻalaba choʻqqisi deb nom berildi.