Gʻalaba choʻqqisi
Gʻalaba choʻqqisi - Tyanshan togʻlaridagi eng baland choʻqqi. Balandligi 7439 m. Qaqshaltov tizmasida, Xontangri choʻqqisidan 20 km janubida. Yon bagʻirlarida yirik muzliklar bor. Gʻalaba choʻqqisiga birinchi marta (1938-yilda) A.A. Letavet boshchiligidagi ekspeditsiya chiqqan. 1943-yilda P.N.Rapasov boshchiligidagi ekspeditsiya choʻqqining haqiqiy balandligini aniqladi va unga Gʻalaba choʻqqisi deb nom berildi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |