Gʻunajin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gʻunajin — 2 yoshdan oshgan urgʻochi qoramol. Tanalar zoti va oʻsishiga qarab birinchi bor qochirishga qoʻyiladi va boʻgʻozlik muddati 6 oyga yetganda Gʻ. guruhiga kiritiladi. Gʻ.lar boʻgʻozlik davrida toʻyimli va sifatli ozuqalar, makro- va mikro-elementlar, mineral ozuqali qoʻshimchalar bilan boqiladi va parvarishlanadi. Qishki yoki yozgi ratsion toʻyimliligi 8,5—9 ozuqa birligiga, quruq modda 8 – 10 kg , hazm boʻladigan protein 800—900 g ga yetkaziladi. Bunday parvarish Gʻ.ning sogʻlom oʻsishi va homilaning normal rivojlanishini taʼminlaydi. Tugʻishiga 10 kun qolganda ratsiondagi shirali va konsentrat ozuqalar miqdori 50% ga kamaytiriladi, tugʻishi nazoratga olinadi hamda uning buzoqlashida birinchi yordam koʻrsatiladi.