Gʻulomjon Yoqubov
| Gʻulomiddin Yoqubov | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1-mart 1950-yil |
| Taʼlimi | Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti |
| Mukofotlari |
|
Gʻulomiddin Toshpoʻlatovich Yoqubov (1-mart 1950-yil, Toshkent) – xonanda, aktyor, Oʻzbekiston (1987)) va Qoraqalpogʻiston (1991) xalq artisti. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1973). Jizzax musiqali drama teatrida (1973—1974), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1967—1968 va 1974-yildan) da yakkaxon xonanda. Kuchli, va yoqimli ovozga ega. Ijrochilik uslubi emotsional koʻtarinki ruhi bilan ajralib turadi. Repertuari muhabbat, goʻzallik, Vatan mavzuidagi, shuningdek, raqsbop qoʻshiq va ashulalardan iborat. Sozanda va bastakor A. Ismoilov bilan hamkorlikda yaratgan qoʻshiklari ommaviylashgan: „Zilola“, „Sen oʻzing“, „Qaraysan“, „Oshiqnoma“ va b. Repertuaridan turli xalqlar (ozarbayjon, eron, turk, hind, uygʻur va b.) qoʻshiqlari, shuningdek, „Segoh“, „Dugoh“, Gʻ. Yoqubov ommaviy sahnada. „Guluzorim“, „Feruz“ kabi oʻzbek mumtoz ashulalar oʻrin olgan. 1990-yillardan boshlab kompozitor A. Rasulov bilan hamkorlikda zamonaviy estrada qoʻshiqchiligi uslubida ijod etmoqda: „Dilorom“, „Begoyim“, „Qomat“, „Ketolmaysan“, „Elim deb“, „Xush kelding, muborak sarvarim Navroʻz“ va b. Baʼzi qoʻshiqlar kuylarini Yo. oʻzi yaratgan: „Muhabbat“, „Unutilmasin“, „Majnuntol“, „Oʻylasam“, „Sening kulishlaring“, „Parvardigor asrasin“, „Bir qarasam“ va b. „Majnuntol“ gramplastinkasi „Melodiya“ gramyozuv firmasining „Oltin disk“ mukofotiga sazovor boʻlgan (1985)[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Doʻstlik“ (1996), „Elyurt hurmati“ (1999) ordenlari bilan mukofotlangan[3].
2025-yil Toshkentdagi „Xalqlar doʻstligi“ sanʼat saroyida Gʻulomjon Yoqubov tavallud sanasi munosabati bilan konsert dasturi boʻlib oʻtadi. Unda Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov Gʻulomjon Yoqubov milliy qoʻshiqchilik sanʼatini rivojlantirish borasidagi xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmonni[4] oʻqib eshittiradi. Sanʼatkorga ushbu mukofotni Senat raisi Tanzila Norboyeva topshirdi[5].
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Film nomi | Rol |
|---|---|---|
| 1998-2003 | „Shaytanat“ (Vokal) | Gʻulomjon Yoqubov |
| 2014 | „Katta hovli“ | Gʻulomjon Yoqubov |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. „Ғ.Ёқубовни «Буюк хизматлари учун» ордени билан мукофотлаш тўғрисида“. President.uz (2025-yil 1-mart). Qaraldi: 1-mart 2025-yil.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/08/27/prezident-mustaqillik-bayrami-arafasida-ijtimoiy-sohadan-166-kishini-mukofotladi-royxat
- ↑ „G‘ulomjon Yoqubovni «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida“. prezident.uz (14-aprel). Qaraldi: 14-aprel.
- ↑ Усмонова, Назокат „Миллий қўшиқчилик санъати йўлидаги фидокорона ижоднинг юксак эътирофи“ (uz). uza.uz (2025-yil 28-fevral). Qaraldi: 14-aprel.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |