Gʻulom Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻulom Ahmedovich Ahmedov (1916.11.8, Turkiston shahri, Qozogʻiston) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), yuridik fanlari doktori (1973), prof (1986). 1937 — 41 yillarda Toshkent yuridik instituti va Moskva harbiy-yuridik akademiyasida taʼlim olgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq instituti jinoyat huquqi sek-torining mudiri (1959 — 96), 1997-yildan — ilmiy xodim. Ilmiy asarlari jino-yat huquqini takomillashtirish xususan giyohvandlik va ichkilikbozlikka qarshi kurash muammolariga bagʻishlangan. Huquqshunoslikka doir lugʻatlar tuzgan, oʻzbek tilidagi yuridik atamalarning shakllanishiga hissa qoʻshgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil