Gʻofir Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gʻofir Rahimovich Rahimov (1905, Toshkent — 1972, Leningrad; Toshkentda dafn etilgan) — elektrotexnika sohasidagi olim, professor (1958), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1964), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964). Leningrad universitetida oʻqigan (1923—26), Leningrad Politexnika institutini tugatgan (1931). Oʻrta Osiyo energetika institutida assistent (1932 yildan), dotsent (1933 yildan), kafedra mudiri (1934 yildan), prorektor (1956— 62), muhandislikfizika fakulteti dekani (1962—65). Ilmiy ishlari elektrotexnika, elektronika, elektr zanjirlari va tizimlariga, elektr ferromagnit zanjirlarning avtoparametrik uygʻonishi nazariyasi masalalariga doir. Oʻzbekiston Energetiklar va elektr sanoati xodimlari ilmiy tadqiqot jamiyati raisi (196372).

Manbalar[tahrir]

  • Elektronika, T., 1968.