Gʻiyosiddin Jalolov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻiyosiddin  Jalolov (1903 — Toshkent — 1984.9.4) — birinchi oʻzbek astronomlaridan biri. Oʻzbekistonda astronomiyaning rivojlanishiga samarali hissa qoʻshgan. Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1937). Ilmiy va amaliy ishlari oʻrta asrlar Oʻrta Osiyo astronomiya tarixiga oid. Jalolov "Sekstant — Ulugʻbek rasadxonasining asosiy quroli" (M., 1974), "Samarqand rasadxonasining sayyoralar jadvalini tuzish masalasiga doyr" (M., 1955), "Kuragoniy zijining boshqa zijlardan farqi" (M., 1955), "Gʻiyosiddin Jamshid — 15-asrning yirik astronomi, matematigi" (M., 1957) va b. asarlar muallifi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil