Gʻiyosiddin Bolbon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Gʻiyosiddin Bolbon, Ulugʻxon — gʻulomlar sulolasidan boʻlgan Dehli sultoni (1265 — 87). Dastlab Shamsiddin Eltutmishnint quli (gʻulomi) boʻlgan, soʻngra iqtidorli sarkarda darajasiga koʻtarilgan. 1246—65 yillarda sulton Nosiriddin Mahmud davrida amalda hokimiyatni boshqargan. Aud, Bengaliya va Pan-job noiblari ustidan gʻalaba qozonib Shimoliy Hindistonning butun hududini oʻz hukmronligi ostiga olgan. Qoʻshinning jangovarlik salohiyatini oshirgan. Harbiy xizmat majburiyatini oʻtamagan koʻplab zamindorlarning mulklarini tortib olgan, bu bilan yerlarni davlat ixtiyoriga oʻtishini mustahkamlagan. Xalqharakatlarini beshafqat bostirgan. 1286-yil Panjobga bostirib kirgan moʻgullarni quvib yuborgan va davlatning shim.-gʻarbiy chegaralarini koʻplab qalʼalar qurdirish yoʻli bilan mustahkamlagan.