Gʻishtband

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gʻishtband — 12-asr gidrotexnika inshooti — suv omborining tosh toʻgʻoni qoldigʻi. Samarqand viloyati Kat-taqoʻrgʻon tumanidagi Jom qishlogʻi yaqinidan topib tekshirilgan. Bu in-shoot aholi oʻrtasida Gʻ. (gʻishtdan qurilgan toʻgʻon) nomi bilan yuritilib, Zarafshon togʻ tizmalarining gʻarbiy etaklaridan oqib tushadigan Omondarasoyda qurilgan. U yoʻnilgan togʻ toshlari va suvga chidamli maxsus qurilish qorishmasi bilan ishlangan. Inshoot soyning engtor joyiga oʻrnatilgan boʻlib, toʻgʻonning balandligi 9 m, ustki qismining uz. 24,5 m, asosi 10 m; qalinligi yuqorisida 5,5 m, asosida 9 m. Gʻ.ning suv toʻplanadigan ichki tomoni tik, tashqarisi zinapoya shaklida. Gʻ. tufayli oʻz vaqtida Omondarasoy ichida chuq. 9 m., uz. 700 m, eni inshoot oldida 25 m va yuqori — sharqiy tomonida 100 m kattalikdagi suv ombori hosil boʻlgan. Soyning qishki oqimi va bahorgi sel suvlari suv omboriga toʻplanib. qariyb 300 ming kub metr hajmdagi suv jamgʻarilgan. Gʻ. inshooti tufayli Samarqand va Naxshab (Qarshi) oraligʻidan oʻtgan qad. kar-von yoʻli yoqasida mustahkam qalʼa qad koʻtargan. Qalʼaning xarobalari hozirgi vaqtda Kattatepa deb yuritiladi. U Gʻ.dan 5 km gʻarbda, Jom qishlogʻi yaqinida joylashgan. Jom qishlogʻi atrofida 250—300 ga yer maydoni sugʻorilib, obod etilgan. Suv omborini loyqa bosish, in-shoot esa nurash oqibatida ishdan chiqqan.