Gʻazalkent aksiyadorlik firmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"GʻAZALKENT" AKSIYADORLIK FIRMASI — oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi. "Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi tarkibida. Asosan, meva va sabzavotlar asosida yuqori sifatli bolalar taomlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Tomat pastasi, uzum sharbati, meva boʻtqalari va pektinli ichimliklar, turli konservalar, marinadlangan sabzavotlar ishlab chiqaradi. 3-d qurilishi 1942 yilda evaku-atsiya qilingan Grozniy konserva zavodi uskunalari bazasida 1943 yilda boshlangan. 1956—75 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati vazirligi, 1975—91 yillarda "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" agrosanoat uyushmasi tarkibida faoliyat koʻrsatdi. 1991 yildan ijara, 1994 yil da jamoa korxonasiga aylantirildi. 1996 yilda Italiyaning "SASIB FUD" firmasi bilan hamkorlikda soatiga 3 t pomidorni qayta ishlaydigan tomat pastasi liniyasi oʻrna-tildi va eksportga mahsulot chiqara boshladi. 1998 yildan "Bolalar taomlari xolding" kompaniyasining shoʻʼba korxonasi — ochiq turdagi "Gʻazalkent" aksiyadorlik firmasi.

1998 yildan Amerikaning "Teksuna Interneyshnl LTD" firmasi bilan hamkorlikda qiyomli va meva boʻtqali olma, shaftoli, oʻrik boʻlaklari konservalarini ishlab chiqaradigan, quvvati soatiga 3 t boʻlgan yangi sex ishga tushirildi.