Gʻavvoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻavvoslik — suv ostida turli ilmiy tadqiqot va amaliy ishlarni bajarish maqsadida odamlar (gʻavvoslar)ni maxsus kiyimlarda suv ostiga tushirish bilan bogʻliq faoliyat sohasi. Qadimda (ayrim joylarda hozir ham) odamlar suvga hech qanday vositalarsiz, nafasini 1—2 min. ichiga yutib, 20–30 m chuqurlikkacha shoʻngʻiganlar. Keyinchalik nafas olish uchun qamish nay, havo toʻldirilgan mesh, havo yostigʻi ishlatiladigan boʻldi. 18-asr oxirlarida havo nasosi ixtiro qilinganidan keyin Gʻ. jihozlari qoʻllanila boshladi (qarang Skafandr).

Gʻ. texnikasi suv ichida turli ishlarni bajarish uchun moʻljallangan kiyimbosh va asbob uskunalardan iborat. Nafas olinadigan gaz aralashmasi bilan taʼminlash usuliga koʻra, Gʻ. kiyimi ayrim va biriktirilgan, nafas olish sxemasi boʻyicha ventilyatsiyalanuvchi, gaz aralashmasining tarkibiga koʻra, havoli, kislorodli, azot-kislorodli, geli-kislorodli (G‘avvoslarda kislorod, azot va Geliy gazi bo‘ladi shuning natijasida Gazli emboliya yuzaga kelmaydi ) va boshqalarga boʻlinadi. Gʻ. kiyimining havo va suv oʻtkazmaydigan qobiq hosil qiluvchi va gʻavvosni tashqi muhit taʼsiridan saqlovchi qismi skafandr deyiladi. Bu kiyimda gʻavvos shlang orqali tepadan beriladigan siqilgan havo bilan nafas oladi, maxsus klapan orqali nafas chiqaradi. 100 m gacha chuqurlikka havo-kislorodli, 100–300 m va undan chuqurga geli-kislorodli kiyimda tushiladi. 20-asr 30-yillari boshida ayrim kislorodli nafas olish agtarati oʻrnatilgan Gʻ. kiyimi, 40-yillarda esa havo-ballon apparatli Gʻ. kiyimi — akvalang paydo boʻldi, 60-yillarda gʻavvoslarning suv ostida uzoq turishiga imkon beradigan suv osti uy-lab.lari ishlab chiqildi. Keyinchalik Gʻ. vositalari ancha takomillashtirildi.

Gʻavvosni suvga tushirish, uning suv tagida ishlashi va uni yuqoriga chiqarib olish uchun Gʻ. kompressori, havo yuborish qurilmasi, tushirish-chiqa-ib olish qurilmasi, signalizatsiya, aloqa va yoritish vositasi, gidrolokatorlar ishlatiladi.

Vazifasiga koʻra, Gʻ. ishlari avariyaqutqarish, kemani koʻtarish, kemani taʼmirlash va suv osti texnikasi kabi ishlarga boʻlinadi.