Gʻaribiy (shoir)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻaribiy (taxallusi; asl nomi Mulla Umrzoq Abduvali oʻgʻli) (1877, hozirgi Fargʻona shahri oʻrnidagi Yormozor qishlogʻi — 1961, Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻi) — shoir. Huvaydo shajarasidan. Buxoro madrasalarida oʻqigan. Hirotlik Islom shayx piri murshidi tariqatida boʻlgan. Ota kasbi gilkor — suvoqchilik bilan shugʻullangan.

Gʻ. asosan oʻzbek tilida, qisman forstojik tilida ijod qilgan. Adabiy merosi 14000 misra atro-fida, sheʼrlari 1000 ga yaqin. Ulardan 850 tasi gʻazal, 70 muxam-mas, qolganlari mumtoz sheʼriyatning turli janrlarida yozilgan. 1911-yilda "Gʻaribiy" taxallusi bilan yozgan sheʼrlarini toʻplab, devon tuzgan. 1917—26 yillarda "Muxbir", 1926-yildan umrining oxirigacha "Shuhrat" taxalluslarida ijod qilgan. Gʻ. Muqimiy, Furqat, Rojiy, Firoqiy, Charxiy kabi shoirlar bilan adabiy hamkorlikda boʻlgan. Sheʼrlarining koʻpchiligi falsafiy-didaktik, diniy-axloqiy maz-munda. Ularda olam, inson hayotining mohiyati, sevgimuqabbat, vafo-sadoqat, hayo, iffat, qanoat, shukr kabilar haqida fikr yuritgan. Kibru havo, taʼma, bad-nafslikni qoralagan, jamiyatdagi haqsizliklardan shikoyat qilgan. Asarlari turli bayoz va toʻplamlardan oʻrin olgan, 20-yillarda mat-buotda eʼlon qilingan. 1951—54 yillarda siyosiy qatagʻonga uchrab qamalgan. Shoirning "Devon"i, "Bayoz"i, sheʼriy toʻplamlari qoʻlyozmalari Qoʻqon adabiyot muzey-ida, sheʼriy toʻplamining dastxat nusxasi qoʻqonlik A.Madaminov qoʻlida saqtanadi.

Begali Qosimov