Gʻarbiy Sibir neft-gazli havzasi
Gʻarbiy Sibir neft-gazli havzasi — Gʻarbiy Sibir tekisligida joylashgan, dunyo boʻyicha eng yirik neft-gazli havza. Maydoni 3,5 mln. km. Tektonik jihatdan Gʻarbiy Sibir neft-gazli havzasi-g.h. Gʻarbiy Sibir plitasida joylashgan, gʻarbda Uralning gersin burmalanishlari, sharqda Sibir plat-formasining qad. doʻngliklari, janubda Qozogʻiston, Oltoy, Tom-Kolivan, Olatov va Gʻarbiy Sayan burmalanishlarining kaledon va gersin struktu-ralari bilan chegaralangan. 1953-yil burgʻi quduqlari yordamida Ob daryosining quyi qismida dastlabki gaz koni va 6 yildan soʻng Konda daryosida neft koni topilgan. 1971-yilning mart oyiga kelib esa, 168 ta neft, gaz va gaz-neft konlari ochilgan. Havza hududi yura, boʻr, paleogen, kamroq darajada neogen davrining terrigen yotqiziqlaridan tashkil topgan. Hav-zaning neft-gazliligi yura va boʻr davri yotqiziqlari bilan bogʻliq, kesimda qumtoshlarning 40 dan ortiq mahsuldor qatlami ajralib turadi. Neftli va neft-gazli uyumlarning koʻp qismi (80% dan ortiq) 2000– 3000 m chuqurlikda; gazli va gaz-kon-densatli uyumlar (80% chamasi) 2000 m chuqurlikda toʻplangan. Hududdagi neft konlari kabi gaz konlari ham yuqori debitli (neft 200 t/sut, gaz 5 mln. m3/sut). Gʻ.Gʻarbiy sibir neft-gazli havzasig.h. nefti kimyo sanoati uchun qimmatbaho xom ashyodir. Zichligi 0.88 g/sm3dan ortiq emas, tarkibida oltingugurt miqdori kam (1,1% gacha), parafin 0,5% dan kam, benzin fraksiyalarining tarkibi yuqori (40—60%). Yura yotqiziqlaridagi neft boʻr yotqiziqlaridagiga qaraganda ancha yengil. Gaz tarkibida 90—98% metan, 1—4% ogʻir uglevo-dorodlar, 3—6% azot, 0,1—2% ugle-rod ikki oksidi mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |