Gʻafur Qodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gʻafur Qodirov (1917.1.2 - Toshkent — 1985.12.11) — kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1945). Toshkent musiqa bilim yurti (1945-59), Toshkent konservatoriyasida pedagog (1959 yildan), dotsent (1969), Oʻzbekiston Bastakorlari uyushmasi masʼul kotibi (1965 — 71). Simfonik orkestr uchun 2 "Raqs syuitasi", "Balet syuitasi", "Yoshlik uvertyurasi", "Soʻzana" poemasi va boshqa, oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri uchun 4 syuita, "Yoshlar valsi", "Qizlar raqsi" va boshqa yozgan. Q. bolalar musiqasi sohasida samarali ijod qilib "Maktabjonoftobjon", "Biz yosh oʻquvchilar", "Oq oltin" va boshqa vokal-simfonik asarlar, fortepiano, violonchel, klarnet va boshqa sozlar uchun turli pyesalar yozgan. Ayniqsa, dilkash ohanglarga boy xor, estrada va bolalar qoʻshiqlari ommalashgan: "Oʻzbekistonim", "Yoshlar marshi", "Mirzachoʻl yor-yori", "Bahor", "Koyinmang, onajon", "Archa qoʻshigʻi" va boshqa.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil