Guliston universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Guliston universiteti
(GulDU)
Asos solingan 1966
Manzili Guliston, Oʻzbekiston
Vebsayti guldu.uz

Gʻafur Gʻulom nomidagi Guliston davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti.

Tarixi[tahrir]

Oʻzbekiston Prezidenti farmoniga asosan 1992-yil 15-martda Sirdaryo ped. instituti (1966 yil asos solingan) negizida Guliston shahrida tashkil etilgan. 1966 yil 17 iyulda Gʻafur Gʻulom nomi berilgan. Un-tda filol., fizikamat., tarix, ped., tabiatshunoslik, iqtisodiyot, qoʻshimcha taʼlim fakultetlari, 23 kafedra, 19 ilmiy va oʻquv laboratoriya, ustaxona, gerbariy, botanika bogʻi, zool., tarix va adabiyot muzeylari, maʼnaviyat xonasi, sport maydoni va zali, til oʻrganish markazi, biznes maktabi, kutubxona (330 mingdan ortiq asar saqlanadi), Xoʻjamushkent oʻquv dala amaliyotlari bazasi, Navbahor oʻquv tajriba uchastkasi mavjud (2001). Un-t qoshida 2 akademik litsey va malaka oshirish instituti, bosmaxona ham bor. Gaz. va jur. nashr etadi. Instituternet asosida 10 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarning ilmiy markaz va oʻquv yurtlari bilan aloqa qiladi. Un-t 20 ixtisoslik (oʻzbek filol.si, rus filol.si, ingliz tili va adabiyoti, qozoq filol.si, tarix, davlat huquqi, mat., amaliy mat. va informatika, fizika, kimyo, biol., ekologiya, ped. va boshlangʻich taʼlim uslubi, chizmachilik va tasviriy sanʼat, umumiy texnika va meh-nat, q.x.ni mexanizapiyalashtirish, jismoniy madaniyat, iqtisod, agrokimyo va tuproqshunoslik, buxgalteriya hisobi va audit) boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 1993 yildan aspirantura faoliyat koʻrsatadi. Un-tda 7 yoʻnalish boʻyicha aspirant, 5 yoʻnalish boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. 2001/2002 oʻquv yili universitetda 2664 talaba taʼlim oldi, 200 dan ortiq oʻqituvchi, jumladan 10 fan doktori va prof., 100 dan ortiq fan nomzodi va dotsent ishladi. Un-t faoliyati A. Parpiyev, A. Kattabekov, U. Oʻljaboyev, A. Quljonov, H. Qarshiboyev, Sh. Niyozov, F. Samadov, R. Mahmudov, V. Rahmonov, A. Pozilov, B. Toʻychiboyev, I. Axmetov, O. Ayupov, N. Mamadiyorov kabi prof.-oʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Un-t SOROS, Adenauer, "Us toz", "Umid", Aksele, Tasis kabi xalqaro jamgʻarmalar bilan hamkorlik qiladi. Un-tda turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. 2002 yilgacha universitet 19934 mutaxassis tayyorladi.[1]

Fanlar majmuasi[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil