Kontent qismiga oʻtish

Gʻabit Musrepov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gʻabit Musrepov
Tavalludi 9 (22) mart 1902
Vafoti 31-dekabr 1985
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Gʻabit Mahmudovich Musrepov [1902.9 (22).3 — Qozogʻiston, Kustanay viloyati — 1985, Olmaota] — qozoq adibi va jamoat arbobi, Krzogʻiston Fanlar akademiyasi akademik (1958).Ijodi 20-yillarning oʻrtalarida boshlangan. Ilk hikoya va ocherklari, "Girdob" (1928) qissasi fuqarolar urushi haqida. M. 30-yillarda dramatik asarlar yaratdi. "Qiz-Jibek" (1934), "Omongeldi" (hamkorlikda, 1936), "Qoʻzi Koʻrpesh va Bayan Suluv" (1939), "Okon-seri va Oq-tuqti yoki Shoir fojiasi" (1942) kabi sahna asarlari mashhur. "Qozoq soldati" (1949), "Uygʻongan oʻlka" (1953) romanlari yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. "Onaning jasorati" (1958), "Dovonda" (1965), "Bir kun va bir umr" (1967), "Yillarimiz hikoyalari" (1979) singari hikoya va qissalar toʻplamlariga kirgan asarlarida, "Uchrashmay ketgan bir siymo" (1970) nasriy dostonida qozoq xalqi hayotining turli bosqichlari haqqoniy tasvirlangan. "Hikoyalar" (1961), "Qissa va hiko-yalar" (1970) toʻplamlari, "Qozoq soldati" romani (1962) oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil