Gʻabiden Mustafin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gʻabiden Mustafin [1902.13(26).11, Akmolinsk uyezdi, hrz. Qaragʻanda viloyati Telman tumani — 1985, Olma-ota] — Qozogʻiston xalq yozuvchisi (1984). Qozogʻiston FA muxbir aʼzosi (1958). Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1953—56), masʼul kotib (1962—64). Ilk hikoyalar toʻplami — "Yer Shoyin" (1929). Ishchilar hayotiga bagʻishlangan "Hayot va oʻlim" romani (1941) qozoq prozasining ilk namunalaridan, "Chi-gʻanoq" (1945), "Qaragʻanda" (1952), "Boʻrondan soʻng" (1959), "Koʻz koʻrgan" (1qism, 1963) kabi qissa va romanlarida qozoq xalqi turli tabaqalarining hayoti, ishchi-shaxtyorlar va yoshlarning fidokorona mehnatlari oʻz ifodasini topgan. M. Oʻzbekistonga bir necha marta kelgan (1958, 1960). Oʻzbek adiblari bilan yaqin aloqada boʻlgan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Abay nomidagi Qozogʻiston Davlat mukofoti laureati (1953).[1]

Adabiyotlar[tahrir]

  • Qaraganda, Roman, T., 1956; Chigʻanoq, Roman, T., 1962.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil