Kontent qismiga oʻtish

Fyuchers

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fyuchers (lotincha futurus — kelajak) — tovar yoki fond birjalarida xom ashyo tovarlari, oltin, valyuta, qimmatli qogʻozlarni hozirgi amalda boʻlgan narxlarda, lekin yetkazib berish va haqini keyingi kelishilgan muddatlarga qoldirish bilan oldi-sotdi qilish boʻyicha bitishuvlar. Bitishuv ijrosiga qadar xaridor kamroq kafolat summasini (zakalat) beradi. Aksariyat hollarda fyuchers bitimlari tovarni uzil-kesil xarid qilish yoki sotish maqsadlarida emas, balki kelgusi bitishuvlarga naqd tovarni gʻamlash yoki tovarni keyinchalik qayta sotish hisobidan foyda olish maqsadlarida tuziladi. Hali ishlab chiqarilmagan tovarning namunalari boʻyicha oldi-sotdi bitishuvlarini ham fyuchers deb atash mumkin. Fyuchers to muddati kelguniga qadar birjalarda maklerlar tomonidan koʻp marta qayta sotiladi va sotib olinadi.