Fyodor Kovalyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fyodor Arxipovich Kovalyov (1890.4.2, Samara — 1965.12.4, Toshkent) — rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Krasnoyarsk, Kuybishev teatrlarida ishlagan. 1929—31 yillarda Toshkent ishchi-yoshlar teatrida, 1931 — 65 yillar Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida ishlagan. Oʻsh oʻzbek musiqali drama va Fargʻona oʻzbek musiqali drama teatrlarida ham spektakllar qoʻygan. Eng yaxshi spektakllari: "Platon Krechet", "Arshin mol olon", "Farhod va Shirin" singari musiqali dramalar, "Chio Chio San", "Dubrovskiy", "Faust", "Romeo va Julyetta" kabi operalar va boshqa [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil