Fuzarium
Qiyofa
Fuzarium (Fusarium) — takomillashmagan zamburugʻlar sinfiga mansub zamburugʻlar. 26 turi bor. Jinssiz konidiyalar orqali koʻpayadi. Bir yoki bir necha hujayrali oval yoki tuxumsimon shaklli mikrokonidiyalar mitseliyida va konidiya hosil qiluvchilarda paydo boʻladi. Koʻpchilik F.lar saprofit, tuproqsa va oʻsimlik qoldiqlarida yashaydi. Baʼzi turlari parazit, oʻsimliklarda fuzarioz (vilt) kasalligini qoʻzgʻatadi. F.ning ayrim turlari oʻsimliklarga yomon taʼsir qiluvchi zaharli modsalar chiqaradi. Bu moddalar bilan zaharlangan oʻsimliklarni isteʼmol qilgan kishilarda septik angina, hayvonlarda esa fuzariotoksikoz kasalligi paydo boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |