Futurologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Futurologiya (lot. futurum — kelajak va ...logiya) — keng maʼnoda — insoniyat kelajagi, umumbashariy muammolar haqidagi umumiy konsepsiya yoki tasavvurlar majmuasi; tor maʼnoda — ijtimoiy jarayonlar hamda fantexnika taraqkiyotiga oid sohalardagi jarayonlarni izchillikda oʻrganish va kelajagini bashorat qilish imkoniyatini beradigan fan sohasi, "bashorat qilish" soʻzining sinonimi. 1943 yil nemis sotsiologi O. Fleytxeym "F." terminini kelajak haqidagi fan sifatida ishlatishni taklif qilgan. Hozirgi vaqtda F.da 2 asosiy yoʻnalish kuzatiladi. 1yoʻnalish — "ekologik pessimizm" tarafdorlari insoniyat rivojining salbiy oqibatlarini bashorat qilsalar, 2yoʻnalish — ilmiytexnikaviy optimizm namoyandalari texnologiya taraqqiyotining ijobiy imkoniyatlari asosida insoniyat sivilizatsiyasini saklab qolish mumkin, deb hisoblaydilar.