Futbol boʻyicha 1968-yilgi SSSR Kubogi finali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Futbol boʻyicha 1968-yilgi SSSR Kubogi finali
Turnir SSSR Kubogi 1967/1968
Sana 1968-yil 8-noyabr
Oʻyin oʻtkazilgan joy Lujniki, Moskva
Hakam Tofiq Bahramov
Tomoshabinlar soni 52 000
← Futbol boʻyicha 1967-yilgi SSSR Kubogi finali
Futbol boʻyicha 1969-yilgi SSSR Kubogi finali →

1967/1968-yilgi futbol boʻyicha SSSR kubogi finali 1968-yil 8-noyabrda boʻlib oʻtdi. „Torpedo“ Moskva jamoasi Toshkentning „Paxtakor“ jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etdi va SSSR kubogi sohibiga aylandi.

Finalga yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Torpedo Moskva Bosqich Paxtakor
Raqib Joy Hisob Raqib Joy Hisob
Neftchi Mehmonda 2:0 1/16 final Dinamo Batumi Mehmonda 2:0
SSKA Moskva Uyda 2:2 1/8 final Sokol Saratov Uyda 1:0
Uyda 2:1
Uralmash Uyda 3:1 1/4 final Tong Lugansk Mehmonda 2:1
Neftçi Boku PFK Mehmonda 2:0 1/2 final FC Shakhtar Donetsk Uyda 3:1

Final uchrashuvining borishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moskvaning „Torpedo“ jamoasi va Toshkentning „Paxtakor“ jamoalari SSSR kuboklari tarixida ilk bor yakuniy final oʻyinida toʻqnash kelishdi. Qolaversa, jamoalar bungacha ushbu turnirning birorta bosqichida oʻzaro toʻqnash kelishmagan edi[1].

Oʻyin 8 daraja sovuq havoda oʻtkazildi. Uchrashuv boshidanoq „Torpedo“ futbolchilari hududiy ustunlikni qoʻlga kiritishgan boʻlsa, toshkentliklar tarkibida Gennadiy Krasnitskiyning kuchli zarbalari va Birodar Abduraimovning tezkor harakatlariga umid qilib, asosiy eʼtiborni himoyaga qaratishgan. Hattoki himoyachi, faxriy va jamoa sardori Viktor Shustikov ham oʻyin davomida jamoasining hujumlariga qoʻshildi, ammo soʻnggi bosqichda futbolchilarga aniqlik yetishmadi yoki „Paxtakor“ darvozaboni Nikolay Lyubartsev oʻz individual harakatlari bilan darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Birinchi boʻlimda Paxtakor jamoasi raqib jamoaga aytarli xavf tugʻdira olishmadi.

52-daqiqada „Torpedo“ hisobni ochdi. „Paxtakor“ning uch nafar himoyachisi Mixail Gershkovich pas uzatgan Eduard Streltsov tomon yugurdi. Biroq Streltsov himoyachilarsiz yolgʻiz turgan Yuriy Savchenkoga toʻpni tovoni bilan uztaishga muvaffaq boʻldi va u toʻpni „Paxtakor“ darvozasiga yoʻlladi. Urilgan goldan keyin „Torpedo“ futbolchilari hujumda davom etishdi, toshkentlik futbolchilar javob golini urishga harakat qilishdi, ammo hisob oʻzgarmadi. 89-daqiqada „Torpedo“ jamoasi asosiy darvozabon oʻrniga Mixail Skokovni maydongga tushirdi va u qolgan vaqt davomida „Paxtakor“ jamoasi futbolchilarining bir necha zarbalarini qaytarishga muvaffaq boʻldi. Oʻyin soʻnggida Krasnitskiyning kuchli zarbasidan soʻng darvozabon darvozaning uzoq burchagidan toʻpni egallab olishga muvaffaq boʻldi. Final yakunida hakam hushtagi yangraganda Moskvaning „Torpedo“ jamoasi toʻrtinchi marta futbol boʻyicha SSSR kubogi sohibiga aylandi[2].

Final[tahrir | manbasini tahrirlash]

8-noyabr 1968
Torpedo Moskva 1:0 Paxtakor BSA im. V. I. Lenina, Moskva
Tomoshabinlar: 52 000
Hakam: Sovet Ittifoqi Bahramov
Savchenko Gol 52' Hisobot
Torpedo:
DR Sovet Ittifoqi Anzor Kavazashvili Substituted off 89'
HM Sovet Ittifoqi Aleksandr Chumakov
HM Sovet Ittifoqi Viktor Shustikov
HM Sovet Ittifoqi Leonid Paxomov
HM Sovet Ittifoqi Grigoriy Yanets
YH Sovet Ittifoqi Devid Pais Substituted off 80'
YH Sovet Ittifoqi Aleksandr Lenev
HJ Sovet Ittifoqi Edvard Streltsov
HJ Sovet Ittifoqi Vladimir Mixaylov
HJ Sovet Ittifoqi Mixail Gershkovich
HJ Sovet Ittifoqi Yuriy Savchenko
Oʻzgartirishlar:
YH Sovet Ittifoqi Vadim Nikonov Substituted in 80'
DR Sovet Ittifoqi Mixail Skokov Substituted in 89'
Bosh murabbiy:
Sovet Ittifoqi Valentin Ivanov
Paxtakor:
DR Sovet Ittifoqi Nikolay Lyubartsev
HM Sovet Ittifoqi Sergey Dotsenko
HM Sovet Ittifoqi Vladimir Stern
HM Sovet Ittifoqi Viktor Naumenko
HM Sovet Ittifoqi Axrol Inoyatov
YH Sovet Ittifoqi Hamid Rahmatullaev
YH Sovet Ittifoqi Viktor Varyuxin
YH Sovet Ittifoqi Vyacheslav Bektashev Substituted off 74'
HJ Sovet Ittifoqi Berador Abduraimov
HJ Sovet Ittifoqi Gennadiy Krasnitskiy
HJ Sovet Ittifoqi Bohodir Ibrohimov
Oʻzgartirishlar:
YH Sovet Ittifoqi Toʻlagan Isoqov Substituted in 74'
Bosh murabbiy:
Sovet Ittifoqi Evgeniy Eliseev

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]