Furiosa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Furiosa — Mad Max mediafranshizasining qahramoni, bir qoʻlli jangchi ayol. „Telba Maks: Qahr yoʻli“ filmida Sharliz Teron uning rolini oʻynagan va navbatdagi „Telba Maks: Furiosa“ filmida u Ani Teylor-Joy ijrosida bosh qahramon boʻladi.

Syujetdagi roli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Furiosa „Telba Maks: Qahr yoʻli“ filmida post-apokaliptik dunyoda cheksiz hokimiyatni qoʻlga kiritgan baykerlar toʻdasining rahbari Oʻlmas Jo xizmatidagi jangchi sifatida namoyon boʻladi. U Jodan qochishga qaror qiladi va zolimning xotinlarini oʻzi bilan olib ketadi. Film davomida taʼqib ketadi; Furiosa, oxir-oqibat, Jo tomonidan oʻldiriladi va uning qarorgohi Sitadelga qaytariladi.

„Telba Maks: Furiosa“ filmining syujeti haqida hozircha rasmiy maʼlumot yoʻq. Ehtimol, bu kartinada qahramonning dastlabki tarixi koʻrsatiladi. Senariychilar „Telba Maks“ olamidagi komiks syujetlaridan, masalan, Furiosa va uning onasini matriarxal jamiyatdan oʻgʻirlab ketish voqeasidan foydalanishlari mumkin[1].

Baholar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Furiosa obrazi butun dunyoda sinchilarining (tanqidchi) olqishlarga sazovor boʻldi. Koʻpchilik „Telba Maks: Qahr yoʻli“ filmi muvaffaqiyatining katta qismi ushbu qahramon sabablidir, deb taʼkidlaydi[2]; hatto Furiosa syujetning bosh qahramoni, „ruhi va tayanchi“ ekanligi haqidagi fikrlar ham mavjud[3]. Sharliz Teronning ijrosi yuqori baholandi. Uning ijrosidagi Furiosani „Begona“dagi Sigurni Uiverdan beri jangari filmlarning eng yaxshi ayol qahramoni, deb atashdi. USA Today nashri sharhlovchisining soʻzlariga koʻra, Teron bu rolda „eʼtiborni tortadi“ va „xarakterga qattiqqoʻllik, noziklik va jiddiylikning sehrli omixtasini baxsh etadi“[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]