Fuqarolik protsessi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fuqarolik protsessi - (OʻzRda) sudda fukarolik ishlarini koʻrish, hal qilish va sud qarorlarini ijro etish bilan bogʻliq faoliyat. Fuqarolik protsessuaya hukuqi normalari bilan belgilanadi. Protsessual qonun sud faoliyatini amshtga oshirilishvda manfaatdor shaxslarga ishda ishtirok etish huquqini, ularga qator protsessual huquqyaar berilishini va protsessual burchlar yuklatilishini belgilaydi. Fuqarolik protsessi shaxslarning mulkiy va shaxsiy huquqlarining sud tomonidan himoya qilinishi shakli sifatida koʻriladi. Shu munosabat bilan muayyan fuqarolik protsessual harakatlar qilinadi. Bunday harakatlar sudda fuqarolik ishining taraflari sifatida qatnashuvchilar va ishning boshqa ishtirokchilari tomonidan qilinadigan protsessual harakatlar, shuningdek, fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlovni amalga oshiruvchi sudning protsessual harakatlaridan iborat boʻladi. Fuqarolik ishlarini koʻrish va hal qilish boʻyicha boʻladigan sud faoliyati maʼlum bosqich (qism)larga boʻlinib amalga oshiriladi. Fuqarolik protsessining bunday bosqichlari: fuqarolik ishini qoʻzgʻatishdan, ishni sudda koʻrish uchun tayyorlashdan, ishni sud majlisida koʻrish va hal qilishdan, sudning hal qiluv qarorlari va ajrimlari yuzasidan shikoyat lar berish va protestlar keltirish, nihoyat sudning hal qiluv qarorlari ijrosidan iborat.