Fuqaro vaqti
Qiyofa
Fuqaro vaqti — mahalliy oʻrtacha yarim tun (2400) dan boshlab hisoblanadigan vaqt xisoblash tizimi. Oʻrtacha quyosh sutkalariga asoslanadi. Fuqaro vaqti sutkani hisoblay boshlash vaqti bilan oʻrtacha quyosh vaqtidan farqlanadi (oʻrtacha quyosh vaqtida sutka boshi deb mahalliy oʻrtacha yarim kun, yaʼni tush vaqti, 1200 qabul qilinadi). Astronomiyada 1925-yilgacha kun hisobi tush vaqtida oʻzgarar edi. 1925-yildan boshlab kun hisobi Fuqaro vaqti (yarim tun) dan hisoblanmoqda (qarang Vaqt).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |