Kontent qismiga oʻtish

Fuqaro aviatsiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fuqaro aviatsiyasi – xalq xoʻjaligi sohasi; havo yoʻllari orqali yoʻlovchi, yuk, pochta tashish, qishloq xoʻjaligida va oʻrmonchilik sanoatida, geologiya-qidiruv ishlari, baliq ovlash, turli sanoat obyektlarini qurishda, joylarni aerofotosuratga olish, tibbiy-sanitariya xizmatida va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Fuqaro aviatsiyasi tarkibida zamonaviy samolyotlar va vertolyotlar parki, texnika inshootlari tizimiga ega boʻlgan havo yoʻllari tarmoqlari, aeroportlar, aerodromlar, radio va meteostansiyalar, zavodlar va taʼmirlash-texnika bazasi, ilmiy tadqiqot muassasalari, oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekistonda Fuqaro aviatsiyasi tarixi 1924-yil 12-mayda ToshkentAvliyoota (Taroz) – Pishpek (Bishkek) – Olmaota havo yoʻlida dastlabki yoʻlovchilarni tashishdan boshlanadi.