Fullerenlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fullerenlar — uglerodshmt sunʼiy ravishda olingan modifikatsiyalari, uning klasterlari, koʻp qirrali tuzilishga ega fazoviy moddalar. 1985 yil amerikalik olim G. Kroto hamkasblari bilan hamkorlikda lazer yordamida grafitni bugʻlatib goʻzal fazoviy koʻrinishga ega boʻlgan 32 qirrali S60 molekulasini kashf etdi. S60ning mol.m. 720,669, zichligi 2,5—3,0 g/sm3. Uglerodning yangi klasteri — S60ni mualliflar oʻz vatandoshlari meʼmor, muhandis — ixtirochi R.B. Fuller sharafiga fulleren deb atashni taklif etdilar. Buning boisi 1967 yil Monreal shahrida oʻtkazilgan Jahon xalqaro koʻrgazmasida paviloni uchun kurilgan fazoviy geodezik gumbazning konstruksion elementlari kashf etilgan yangi modda tuzilishining kattalashtirilgan koʻrinishini (futbol toʻpini) eslatardi. Oradan koʻp vaqt oʻtmay, uglerod klasterlari yulduzlar spektrlarida, meteoritlar, koinot zarralari va hatto oddiy kumir kurumida ham mavjudligi aniklandi. 1988 yilda uglerod klasterlarining bir kator vakillari — S28, S32, S50 va S70 ham sintez qilindi. 1990 yil F.ning kristall shakldagi xillari olinib, ularga fulleritl a r deb nom beriddi. Fulleritlar tarkibiga turli elementlar, jumladan, ishsoriy metallar kiritilib, noyob xossalarga ega boʻlgan moddalar (fulleridlar) sintez kilindi. K3S6O 18 Kda oʻta oʻtkazuvchanlikni namoyon qildi. 20 ta 6 burchak, 12 ta toʻgʻri 5 burchak va 32 kirrali F. va uning birikmalari 1000° traga bardoshlidir. F. — kelajagi porloq moddalar. Ular kimyo sanoatida, mashinasozlikda, kemasozlikda, aviasozlikda, yer osti inshootlari, binolar, sharsimon va geodezik gumbazlar qurilishida konstruksion material sifatida qoʻllanishi mumkin.

Ad.:Jarikov O.V., Fullereni — materiali XXI veka, M., 1992,Axmerov Q., Futbol toʻpini eslatuvchi modda, T., 2002. Qudrat Axmerov.