Fujayra klubi stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fujayra klubi stadioni (Fujairah Club Stadium) Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida joylashgan ko'p maqsadli stadiondir. Unda asosan futbol uchrashuvlari o'tkaziladi va u Fujayra SKning uy maydoni hisoblanadi. Stadion taxminan 5 ming nafar tomoshabinni o'ziga sig'dira oladi.[1]

2012-yilning noyabr oyida Amirlik klubi stadioni AFC U-19 Osiyo chempionati bahslari o'tkazilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]