Frunze Joʻrayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Frunze Sodiqovich Joʻrayev (1929.12.11, Buxoro) — teatrshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgan (1952). Hamza nomidagi Sanʼatshunoslik institutida kichik ilmiy xodim (1952-55, 1958-68), keyinchalik katta ilmiy xodim (1968— 70 va 1984—92), respublika gazetalarida adabiy xodim (1955—58), Madaniyat ishlari vazirligida repertuar tahrir hayʼati bosh muharriri (1970— 73); teatr va musiqa tashkilotlari bosh boshqarmasi boshligʻi (1981—84). Navoiy teatri direktori (1978—81). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil