Front orti mehnatkashlari yodgorligi, Chelyabinsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Front orti mehnatkashlari yodgorligi — Chelyabinsk shahridagi yodgorlik[1].

2015-yil 5-mayda Chelyabinsk Gʻalaba bogʻida tantanali ravishda ochildi[2]. Yodgorlik ixtiyoriy xayr-ehsonlar hisobiga oʻrnatilgan — yodgorlikni tayyorlash va oʻrnatish uchun pulni „Yagona Rossiya“ partiyasining viloyat boʻlimi, deputatlar, Chelyabinsk korxonalari va fuqarolari ajratgan[1]. Ochilish marosimida Chelyabinsk viloyati gubernatori Boris Dubrovskiy nutq soʻzlada, shuningdek, „Yagona Rossiya“ partiyasining Chelyabinsk viloyati boʻlimi kotibi Vladimir Myakush ishtirok etdi[3].

Yodgorlik muallifi, Rossiya Rassomlar uyushmasi aʼzosi, haykaltarosh Sergey Vorobyov[4] ikki oʻsmirdan iborat haykaltaroshlik guruhini yaratdi: katta oʻlchamli telogreyka va kirza etik kiygan oʻgʻil va qiz bola, ular reproduktor orqali front hisobotlarini diqqat bilan tingladilar. Bolalarning orqasida urush yillarida Chelyabinskda tanklar uchun detal ishlab chiqarilgan tokar stanogi bor — bu Chelyabinsk traktor zavodi tomonidan taqdim etilgan. Toʻq rangli granit plitalar va yorqin marmar plitalar bilan qoplangan pastak postament ustidagi yozuvda shunday deyilgan: "1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Janubiy Uralning mehnat jasorati".

Kasli choʻyanidan oʻsmir ishchilarning haykallari quyilgan. Qiz obrazining prototipi Chelyabinskda istiqomat qiluvchi Faina Sharova boʻlib, u oʻn yoshidan ishlay boshlagan. U hikoya qiladi:

"Men tikuvchi boʻlib ishlaganman. Frontga kiyim tikardik. Ertalab soat sakkizdan kechki toʻrtgacha ishlardik. Juda qiyin edi, hatto, soʻz bilan ham ifoda etib boʻlmaydi. Biz shundogʻam unchalik koʻp emasdik — bolalar toʻyib ovqatlanmasdilar, shuning uchun ular hushidan ketardi, kasal boʻlardi, eng chidamlilari dastgohda qolardi. Biz shunchalik koʻp narsalarni boshdan kechirdikki, koʻz yoshlarsiz eslay olmaymiz. Men buni boshqa hech kim boshdan kechirmasligini istardim."

Yodgorlik atrofidagi kichik maydon yulka plitalari bilan qoplangan. Yodgorlik yonida, beton tumbada urush yillarida Buyuk Gʻalabaga hissa qoʻshgan Chelyabinsk korxonalari roʻyxati tushirilgan yodgorlik taxtasi oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]