Freza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Freza (frans. fraise) — metall va metallmas materiallardan tayyorlangan zagotovkalarning yuzalariga ishlov berish, ularda tish, rezba oʻyish va boshqa uchun moʻljallangan koʻp tigʻli kesuvchi asbob. Tishlar oʻyilgan sirtining shakliga qarab, silindrik, diskli, burchakli, torets, shakldor; tishining shakliga qarab, toʻgʻri, vintli, koʻp tomonlama tishli; tishlarining tuzilishiga qarab, oʻtkir, qatorli; yaxlit, tarkibiy, komplekt, yigʻma; mahkamlanishiga qarab, oʻtqaziladigan, konussimon va silindrik dumli; vint arikchalarining yoʻnalittga boʻyicha chap va oʻng ariqchali xillarga boʻlinadi. F.legirlangan poʻlat, tez kesar poʻlat, asbobsozlik poʻlatidan tayyorlanadi.

F. bilan frezalashda freza aylanma, ishlov beriladigan zagotovka ilgarilama harakat kiladi. Frezalashning xomaki va tozalab frezalash usullari bor. Xomaki frezalashda F.ning aylanishi surish yoʻnalishiga teskari, tozalab frezalashda bir xilda boʻladi. Frezalash ishlari frezalash stanogida bajariladi.