Freskobaldi Jirolamo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

FRESKOBALDI (Frescobaldi) Jirolamo (1583.9.9, Ferrara — 1643.1.3, Rim) — italyan kompozitori va organ ijrochisi. 1608 yildan avliyo Petr ibodatxonasida (Rim) organchi. Polifoniya ("erkin uslub") va fuga rivojiga katta hissa qoʻshgan. Italiya organ maktabi asoschisi ("italiyalik Bax" nomiga sazovor boʻlgan). Organ va klavesin uchun turli asarlar, madrigallar, 2 messa va boshqa diniy asarlar yozgan. FRIGII TILI Qadimgi Kichik Osiyoning shim.gʻarbiy qismida yashagan, miloddan avvalgi 2ming yillik — 1ming yillikning boshida shu yerga koʻchib oʻtgan hindevropa qabilalari — frigiyaliklar tili; hindevropa tillari oilasi tarkibida alohida guruhni tashkil etadi. Kichik Osiyodan topilgan, 2 davrga mansub yodgorliklar hamda yunon va rim mualliflari asarlaridagi izoh soʻzlar orqali maʼlum. Qad. frigiy matnlari diniy yodgorliklar va sopol buyumlarda boʻlib, miloddan avvalgi 8—3-asrlarga mansub (ular 200 tadan ortiq; qad. yunon alifbosiga oʻxshash harfiy alifboda yozilgan). Yangi frigiy matnlari qabrtosh yozuvlaridan, yunoncha marsiyalar oxiridagi qargʻish, laʼnat ifodalaridan iborat. Ular 100 tadan ortiq boʻlib, milodiy 2—3-asrlarga mansub va yunon yozuvida bitilgan.

Freskobaldi Jirolamoning yunon (grek) tili, hinderon tillari, arman tili bn, shuningdek, alban tili, boltiq va slavyan tillari bilan nisbatan yaqin aloqalari anikdangan; oʻziga xos fonetik, leksikgrammatik xususiyatlari tavsif etilgan. Freskobaldi Jirolamodagi yodgorliklarni toʻplash va izohlash 19-asrdan boshlangan. Dastlabki muntazam nashrlari amerikalik U.Ramsey, angliyalik U.M. Kolder va germaniyalik I.Fridrixlar tomonidan amalga oshirilgan.