Frenzy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Operatsion tizim
Frenzy
Ishlab chiquvchi Sergey Mojayskiy (techniX)
Yegor Vershinin (1.3)
OT oilasi BSD UNIX
Negiz kodi ochiq kodli
Ilk e’lon qilinishi 2012-yil 5-may
Yadro tipi monolit yadro
Litsenziya BSD litsenziyasi
Veb sayt frenzy.org.ua

Frenzy - FreeBSD operatsion tizimi asosida yaratilgan Live-CD. Kompyuter tarmoqlarini sozlash, tekshirish va analiz qilish, kompyuter qurilmalarini tekshirish va boshqa turli vazifalar uchun moslashgan. Frenzy ikki xil variantda ishlab chiqiladi:

  • Frenzy standart – tizim ma’murlari uchun moslashgan. ISO obrazining hajmi – 200 megabayt. Distributiv tarkibiga 500 dan ortiq ilovalar kiradi.
  • Frenzy extended – ma’murlar va yanada kengroq qo’llana oladigan foydalanuvchilar uchun moslangan. Frenzy standart ilovalaridan tashqari bir qancha ilovalarga ega. ISO obrazining hajmi – 250 megabayt. Distributiv tarkibiga 600 dan ortiq ilovalar kiradi.

Shuningdek grafik interfeysga ega bo’lmagan lite versiyasi ham bor. Bazaviy operatsion tizimi FreeBSD 8.3-STABLE. Frenzy tarkibiga kiruvchi dasturlar:

  • C va NASM kompilyatorlari, Perl va Python interpretatorlari
  • Fayl menedjerlari, arxivatorlar
  • Matn muharrirlari, fayllarni ko’rish vositalari va konvertorlar
  • Veb brauzerlar, elektron pochta dasturlari va yangiliklar dasturlari, ICQ, IRC, Jabber dasturlar
  • Tarmoq utilitalari (LAN, modem, Bluetooth, dial-up, VPN, Wireless)
  • Trafik monitoring uchun utilitalar
  • Proksi va redirektlar
  • Masofaviy boshqaruv (telnet, ssh, RDP, VNC)
  • Samba server va dasturlari
  • MySQL va PostgreSQL dasturlari
  • DNS, LDAP, SNMP, DHCP, ICMP, ARP, IP paketlari bilan ishlash utilitalari
  • Osttarmoqlar bilan ishlash qo’shimchalari
  • Portlar va servislar skanerlari, tarmoq skanerlari
  • Xavfsizlik skanerlari, snifferlar, buzib kirishni aniqlash utilitlari
  • Clamav antivirusi, rutkitlarni aniqlash utilitlari
  • Maxfiy so’zlar va kriptografiya bilan ishlash utilitlari
  • Kompyuterning qurilmalari haqida ma’lumot olish va uni sozlash dasturlari
  • Qattiq disk va uning bo’limlari bilan ishlash utilitlari
  • Turli fayl tizimlari bilan ishlash dasturlari
  • Fayllarni qayta tiklash utilitlari
  • Kompyuter va tarmoqning tezligini baholash va test qilish dasturlari
  • Fayl utilitlari, loglar bilan ishlash utilitlari
  • Xotira va protsessorni boshqarish utilitlari
  • CD yozish utilitlari
  • Grafik fayllarni ko’rish utility (GQview), skrinshotlar olish utilitlari
  • MP3/ogg pleyerlari

Extended versiyasiyasiga quyidagilar kiradi:

Tizim tarkibiga Frenzy bo’yicha hujjatlar, shuningdek, FreeBSD rasmiy hujjatlari – FreeBSD Handbook va FAQ kiradi.