Kontent qismiga oʻtish

Freatik portlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Freatik portlash tahminan shunday koʻrinadi

Freatik portlash — bu qizib turgan magmaning katta hajmdagi muz yoki suv bilan aloqaga kirishganida yuzaga keladigan hodisa. Ushbu jarayonda, yashin tezligida bugʻlanish sodir boʻladi, bu esa oʻz navbatida termal portlashga olib keladi. Natijada undan toshlar, kul va lava bombalari otilib chiqadi.

Umumiy tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Freatik portlash murakkab otilish fazalaridan biri yoki alohida portlash jarayoni boʻlishi mumkin.Freatik portlashda odatda gazlar va toshlar tashqariga otilib chiqadi. Lekin lava oqimlari kam uchraydi. Odatda sochiladigan boʻlaklarning harorati juda yuqori boʻlmaydi. Nobodo lava oqimi mavjud boʻlsa, bu hodisa freatomagmatik bosqichga oʻtadi.Bunday portlashlar natijasida maarlar — atrofi qirrali yassi vulqon kraterlari hosil boʻladi. Freatik portlash natijasida yuzaga keladigan asosiy xavfni kraterdan otiladigan zaharli gazlar taqazo qiladi.

Misollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orolni vayron qilgan Krakatoa vulqonining otilishining yakuniy bosqichi freatik portlashdir. Kilauea vulqonida ham tez-tez freatik portlashlar sodir boʻladi.Surtsey vulqonining birinchi otilishi freatik portlash boʻlgan. Sababi oʻsha paytda vulqon hali suv ostida boʻlgan. Qaynoq lavaning sovuq suv bilan aloqagaga kirishishi termal portlashni keltirib chiqardi.Freatik alohida portlashga quyidagilar misol boʻla oladi: 2014-yilgi Ontake portlashi, 1982-yildagi Tarumae portlashi hamda taxminan 1903-yilgi Samoviy koʻlining sovuq suvi Pekektusan vulqonining ogʻziga sizib tushganida sodir boʻlgan portlash va hk. 1840-yilda Ararat vulqonining otilishiga ham freatik portlash deya „shubha qilingan“[1]. Oʻsha vaqtda, Araratning yer ostidagi qismida sodir boʻlgan zilzila tufayli suv va muzdan iborat ulkan boʻshliqqa shikast yetgan. Suv-muz aralashmasi magma kamerasiga qulab tushgan va bu piroklastik oqimni yuzaga keltiruvchi portlashga sabab boʻldi.

Freatomagmatik otilishga 1965-yilda otilgan Taal vulqoni misol boʻla oladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]