Fratelli Alinari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fratelli Alinari

Fratelli Alinari dunyodagi ilk fotografiya fotostudiyalaridan biri hisoblanadi. Ushbu fotostudiya 1852-yilda Italiyaning Florensiya shahrida tashkil etilgan. Uning arxivlarida dagerreotiplardan tortib, butun dunyodagi zamonaviy raqamli fotosuratlar yigʻilgan. Oʻz vaqtida ushbu studiyada arxivida 5,5 million fotosurat mavjud edi.

Tashkil etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1852-yilda Leopoldo Alinari fotostudiyaga asos soldi. Oradan ikki yil oʻtgach uning akalari Giuseppe va Romualdo uning studiyasida ishlay boshlashadi. Ular birgalikda Italiyaning taniqli rasmlari, haykallari, yodgorliklari va meʼmorchiligini hujjatlashtirishga bagʻishlangan Fratelli Alinari Fotografi Editori fotografiya ustaxonasini tashkil etishdi[1]. Keyinchalik ular Italiya shaharlari va landshaftlarini, shuningdek, portret fotosuratlari va milliy liboslar tasvirlarini oʻz ichiga olgan holda oʻzlarining fotografik loyhalari sonini orttirib bordilar. 1860-yilga kelib ularning portretlari Italiya qirollik oilasining fotosuratlari bilan boyidi[2].

Uch aka-uka studiya ishlarini taqsimlagan holda olib bordilar. Eng kattasi Romualdo (1830-1891) studiyaning maʼmuriy ishlarini boshqargan. Leonardo (1832 — 1865) biznesni tashkil qilish, shu jumladan, madaniy ishlar uchun mas’ul edi. Juzeppe (1936 — 1890) texnik mutaxassis boʻlgan. Fotosuratlarining asosiy mavzusi arxitektura yodgorliklari va sanʼat asarlari hisoblanadi[2]. Ular Italiyadagi Alinari nashriyotini ham boshqargan[3].

Ishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiyadan oʻzlarining fotosuratlarini ishlab chiqarish uchun kollodion jarayonidan foydalangan. 1856-yilda studiya oʻzining birinchi katalogini bosma nashrda chiqardi. Katalog nomi „Collection des Vues Monumentales de la Toscane en Photographie par les Frères Alinari“. Unda Toskana yodgorliklarining, Aretso, Florensiya, Siena va Piza minoralarining fotografik panoramalari bor edi. 1855-yilda Parijdagi Exposition Universelle koʻrgazmasida ushbu rasmlar namoyish etildi. Bu ularning Yevropadagi fotosuratchi sifatida mavqeyini mustahkamladi. Keyingi yili ular Bryusseldagi koʻrgazmada oltin medalni qoʻlga kiritdilar. Ular butun Yevropa boʻylab oʻz ishlarini namoyish etishdi. Vena, Parij va Milandagi koʻrgazmali namoyishlari shu qatorda[1].

Bugungi kunda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alinari bugungi kunda fotografiya sohasidagi dunyodagi ilk fotostudiya hisoblanadi[4][5]. Alinari oʻzida 5 500 000 dan ortiq oʻziga xos, tarixiy va zamonaviy rasmlarni oʻz ichiga olgan, vintli nashrlar, shisha plastinkalardan tortib kino va rangli fotolardan iborat kolleksiyaga ega.

2007-yilda studiya Italiyaning Florensiya shahrida Multimedia va fotografiya tarixi muzeyini ochdi[6].

Arxivlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aka-ukalarning ishlari boshqa fotograflarning ishlari qatorida ular bilan birga Fondazione per la Fotografia da saqlanadi[7]. 2019-yilda aka-uka Alinari ishlari Toskana shahridagi muzey hisobiga berildi. Hozirda ularning ish naʼmunalari ushbu muzeyda saqlanadi[8].

Toʻplamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aka-uka Alinarining 500 dan ortiq fotosuratlari Xyustondagi Tasviriy sanʼat muzeyida saqlanadi[9]. Fratelli Alinarining bir nechta portretlari Londondagi Milliy portret galereyasi kollektsiyasida saqlanadi[10].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Fratelli Alinari“. The Getty Museum. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  2. 2,0 2,1 Hannavy, John. Encyclopedia of Nineteenth-Century Photography, Volume 1: A–I. New York: Routledge, 2008 — 25–27 bet. ISBN 978-0-415-97235-2. 2022-yil 30-yanvarda qaraldi.  (Wayback Machine saytida 2016-02-05 sanasida arxivlangan)
  3. „Romualdo Alinari“. Luminous Lint: Photo history. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  4. „Alinari, world's oldest photography agency, faces crisis“ (en). www.theartnewspaper.com.
  5. „'National Treasures' Mary Evans And Alinari Unite - UK Broadcast News | 24/07/2009“. www.4rfv.co.uk.
  6. „Please Touch“. The Florentine (2007-yil 17-oktyabr).
  7. „Fondazione Alinari per la Fotografia“. Fondazione Alinari per la Fotografia. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  8. Korey, Alexandra. „The new Alinari Foundation“. The Florentine (2021-yil 16-fevral). Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  9. „Romualdo Alinari“. Museum of Fine Arts, Houston. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  10. „Fratelli Alinari (active 1850s-1890s), Photographers“. National Portrait Gallery, London. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]