Franklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buyuk ko’chishlar boshlanishiga qadar german qabilalariga mansub franklar Reyn daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar. Franklar gotlar va langobardlar kabi hayvon terisidan emas, matodan kiyim- bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan. Ularda faqat qirol oilasiga mansub kishilar uzun sochda yurishgan.Franklar - Quyi va Oʻrta Reyn boʻylarida milodiy 3-asrda yashagan qabilalar ittifoqiga birlashgan german qabilalari guruhi (xamavlar, brukterlar, usibetlar, tenkterlar, sugambrlar va boshqalar). Adabiyotlarda 2 guruhga boʻlingan. 1guruh (gʻarbiy F.)ning negizini sali (dengiz boʻyi; keltcha sal — dengiz) F. i tashkil etgan. Ular dastlab Eysel daryosi boʻylarida, 4-asr oʻrtalarida esa Reyn daryosi sohillarida yashaganlar. 2guruh (sohil F.) Reyn daryosining yuqori qismi boʻylab Mayngacha boʻlgan hududda yashagan. Sali F.i 4 a. oʻrtasida rimliklar tomonidan tormor etilgan, biroq federatlar huquqida Toksandriyada krldirilgan; 451 yil gunnlarga qarshi Katolaun jangit qatnashganlar. 5-asr boshida sali F.i Galliyann Sommagacha egallaganlar. Frank davlati (5-asr oxiri — 9-asr oʻrtalari) tashkil topgan. Maas va Luara daryolari oraligʻida yashagan F. keyinchalik mahalliy aholi bilan singib ketib, shim. fransuz, shuningdek, vallon elatlari tarkibiga, Luaraning jan. rogʻida yashovchi F. esa, jan. fransuz (provansal) elati tarkibiga kirgan. Reyn daryosining quyi havzasida yashovchi F. gollandlar va flamandlarning etnogenezida katta rol oʻynagan. Reyn daryosining oʻrta oqimi boʻylab va Maas daryosi havzasida yashovchi F.da oʻziga xos etnik xususiyatlar saqlanib qolgan. FRANKONIYA (Franken) Germaniyadagi tarixiy viloyat. Ilk oʻrta asrlarda franklar istiqomat qilgan hudud, 9-asr oxiri — 939 yilda Germaniya qirolligining qabilaviy gersogliklaridan biri, keyinchalik bir necha feodal mulklarga parchalanib ketgan. F. nomi faqat Sharqiy F. (Mayn daryosi xavzasi) uchun saqlanib krlgan. Uning katta qismi 1803-yilda Bavariya tarkibiga kiritilgan.