Frankfurt toji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Frankfurt toji“ sariyog 'kremi, moʻrt va kokteyl gilosi bilan bezatilgan

"Frankfurt toji" (shuningdek, "Frankfurt gulchambari", nemischa: Frankfurter Kranz — yogʻli krem bilan 4-5 marta qatlangan, grilyaj, yaʼni yongʻoqli konfet bilan bezatilgan halqasimon shakldagi Germaniya qaymoqli torti[1]. Tort noni umatilib ketadigan, Vena yoki biskvit xamiridan oʻrtada teshik hosil qiladigan shaklda pishiriladi. Idish diametri 26-28 sm.ni tashkil etadi. Tort, odatda 12-18 porsiyaga taqsimlanadi[2]. 100 g Frankfurt tojining kaloriyasi 316 kilokaloriyadir.

„Frankfurt toji“ning yumaloq shakli, gilosli kokteyl va uni bezashda yongʻoqli konfetning koʻp ishlatilishi Mayn daryosi boʻyidagi Frankfurt shahrida taxtga chiqqan Rim imperiyasi hukmdorlarining yoqutlar bilan bezatilgan oltin tojlarining ramziy timsolini yodga solishi kerak. Tort 1735-yilda ilk marotaba tayyorlangan, ammo eng qadimgi saqlanib qolgan resept XX asr boshlariga toʻgʻri keladi[3]. Tortning ustki va yon tomonlari ham yogʻli krem bilan bezatiladi. Konfet tayyorlashda bodom, oʻrmon yongʻogi yoki yunon yongʻogʻi foydalaniladi. Tort nonlarini qatlashda murabbo yoki jeledan foydalanish mumkin[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Франкфуртский венок“,Из Европы с любовью. Выпечка от А до Я, 4000 экз, Берлин: Д-р Оеткер Ферлаг, 2013 — 312—313 bet. ISBN 978-3-944271-02-6. 
  • Erhard Gorys. Frankfurter Kranz // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 158. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.
  • Charles Sinclair. Frankfurter Kranz // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 228—229. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]