Francesco Rastrelli
Jump to navigation
Jump to search
Francesco Bartolomeo Rastrelli [1700, Parij (?) — 1771, Peterburg] — rus arxitektori, barokko uslubi vakili. Millati italyan. Peterburgga 1716 yil otasi — xaykaltarosh B. Rastrelli bilan kelgan. 1730—63 yillar saroy arxitektori bulgan. Uning asosiy ishlari: Rundal (1736—40) va Mitav (1738—40)dagi Biron saroylari, hozirgi Pushkin shahridagi qayta qurilgan Katta Yekaterina saroyi (1752—57), Petrodvorets (1747—52), Qishki saroy (1754—62) va boshqa Kiyevda R. loyihasi asosida Andreyev cherkovi (1749—53) va Marinsk saroyi (1750—53) qurilgan.[1]
Ad: Kozmyan G.K., F.B. Rastrelli, L., 1976.
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |