Fraksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fraksiya (lot. fractio — yemirib, buzib tashlash) — 1) birorbir siyosiy partiyaning siyosatini parlamentda ifoda etuvchi, mahalliy oʻzinioʻzi boshqaruvda, jamoat tashkilotlarida oʻz organlariga ega boʻlgan ayni partiya vakillaridan iborat tashkiliy guruh; 2) aniq gʻoyaviysiyosiy strategiyaga, bu strategik maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan platformaga ega boʻlgan siyosiy partiyaning aloxida qismi.

1996 yil 26 dek.da qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonunining 13moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Parlamentida oʻz partiyalarining gʻoyaviysiyosiy maqsadlarini roʻyobga chiqarish, partiya dasturlari va platformasida ilgari surilgan rejalarni amalga oshirish uchun tegishli siyosiy partiyalardan nomzodi koʻrsatilgan deputatlarning taʼsis majlislarida ushbu partiyaning F.si tuzilishi mumkin. F. uning rahbarining arizasi, taʼsis majlisining qarori va tegishli hujjatlar asosida roʻyxatga olinadi. Oʻzbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida"ni qonuniga muvofiq F.ning moliyaviy, texnikaviy va qulay ish sharoitini yaratish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining tarkibida 5 ta siyosiy partiya — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Fidokorlar milliydemokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberaldemokratik partiyasi hamda saylovchilar tashabbuskor guruxdaridan saylangan deputatlar bloklari faoliyat koʻrsatadi (2005).

Narzulla Joʻrayev.