Foydali qazilmalar koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Foydali qazilmalar koni - geologik jarayenlar natijasida yer osti va ustida yigʻilgan mineral moddalarning miqdori, sifati va sanoatda foydalanishga yaroqli sharoitda toʻplanib yotishi. Gaz (uglevodorod tarkibli yonuvchi gazlar va geliy, neon, argon, kripton — yonmaydigan gazlar), suyuq (neft va yer osti suvlari) va qattiq (qimmatbaho elementlar, kristallar, minerallar, togʻ jinslari) foydali kazilmalardan iborat konlar mavjud. Sanoatda foydalanishiga koʻra, Foydali qazilmalar konik. rudali, noruda, yonuvchi va gidrominerallilarga boʻlinadi. Undan tashqari, yer osti suvlari (ichimlik, texnik, balneologik yoki mineral suvlar hamda neftli, brom, yod, radiy tarkibli va boshqa suvlar) konlari mavjud. Foydali qazilmalar konik. yer ustida (ochiq konlar) yoki yer ostida (yopiq konlar) boʻlishi mumkin. Foydali qazilmalar konik. Yer pusti rivojlanishining hamma davrlarida hosil boʻlgan. Paydo boʻlish joylariga qarab geosinklinal va platforma Foydali qazilmalar konik.ga ajratiladi. Konlarninghosil boʻlish sharoitiga qarab seriyalarga [sedimentogen (gipergen), magmat o gen (gipogen) va metamorfogen], seriyalar oʻz navbatida, guruh, sinf va kichik sinflarga boʻlinadi (qarang Gipergen konlar, Gipogen konlar, Metamorfogen konlar).