Foydali qazilma konlarini oʻzlashtirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Foydali qazilma konlarini oʻzlashtirish - Yer qaʼridan qattiq, suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni chiqarib olishning oʻzaro boglangan kon ishlari jarayoni majmui. Foydali qazilma konlarini oʻzlashtirishk.oʻ.ning ochiq (karyer), yer osti (shaxta), burgʻi quduqlari va dengiz tubidan olish (dengiz sathidan pastdagi ishlar) usullari mavjud. Ochiq va yer osti usullaridan qattiq foydali qazilmalarni, burgʻi quduqlaridan esa, asosan, suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni chiqarib olishda foydalaniladi. Yer osti usuli bilan katta chukurlikda yotgan foydali qazilmalar qazib olinadi. Foydali qazilma konlarini oʻzlashtirishk.oʻ.da Dunyo okeanida konlarni oʻzlashtirish va dengiz tubidan foydali qazilmalarni chiqarib olish aloxida urin egallaydi. Dunyo boʻyicha ochiq usul bilan 60% ga yaqin metall rudalari, 85% nometall rudalar, 100% noruda foydali kazilmalar va 35% ga yaqin kumir qazib olinadi.