Foydali hasharotlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Foydali hasharotlar - qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari miqdorini kamaytiradigan, shuningdek, odamga bevosita yoki bilvosita foyda keltiradigan hasharotlar. Foydali hasharotlar oʻsimlik gullarini changlatuvchi, oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xom ashyo beruvchi, ekinlar zararkunandalari va boshqa zarar beruvchi hayvonlar hamda begona oʻtlarning tabiiy kushandalari, tabiiy jarayonlarda ishtirok etuvchilar kabi guruxlarga ajratiladi. Hasharotlarning , ayniqsa, ari va asala/sharning oʻsimlik gullarini changlatishdagi ahamiyati qadimdan maʼlum. Oziq-ovqat mahsulotlari va texnika materiallari beruvchi Foydali hasharotlarga asalarilar (asal va mum beradi), tut ipak qurti (pilla), ayrim chervetslar (lok ishlab chiqaradi) va boshqa kiradi. Zararkunanda hasharotlar kushandasi yoki ularda parazitlik qiluvchi koʻpgina Foydali hasharotlar maʼlum. Mac, oltinkoʻzlar, sirfidlar, xonqizi qoʻngʻizlari, kanaxoʻr, tripslar, yirtqich qandala — oriuslar, afididlar va boshqa Oʻsimliklarni himoya qilishning biologik usulida parazit entomofaglardan trixogramma, gabrabrakondsh (tunlamlar tuxumi va qurtiga qarshi) foydalaniladi. Shumgʻiyap qarshi mahalliy gerbifag — fitomiza pashshasi muvaffaqiyatli qoʻllaniladi.

Hasharotlar tuproq paydo boʻlishida ham ishtirok etadi (mas, birlamchi qanotsiz hasharotlardan oyoqdumlilar). Koʻpgina hasharotlar tuproq qatlamini organik moddalar bilan boyitadi (tuproqda yashovchi chumolilar, termitlar, chuvalchanglar va baʼzi qoʻngʻizlar).

Adabiyot[tahrir]

  • Davletshina A.G., Yeremenko T.S., Poleznie i vrednie nasekomie xlopchatnika, T., 1979; Murodov S.A., Umumiy entomologiya kursi, T., 1986.

Sulton Alimuxamedov.