Foydalanuvchi munozarasi:MohigulNarzikulova

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O‘rmon barchaga barobar foydali.Hayvonlar va qushlar uchun boshpana va tirikchilik makoni.Dala-dashtlarni shamoldan,ayniqsa,garmseldan saqlaydi.Agar o‘rmon bo‘lmasa,shamol yalangliklarda quturib,yer betidagi barcha unumdor tuproq qatlamini uchirib,yerni qaqratib ketgan bo‘lar edi. O‘rmon daryo va unda yashaydigan baliq va boshqa jonivorlarning ham do‘sti.Agar o‘rmon bo‘lmasa,daryoning suvi ham qurib qolardi.Chunki bahorda dalalarda bir hafta ichidayoq qor suvi qolmasdi. O‘rmon havoning ham do‘sti.O‘rmon o‘simliklari havoni chang,dudlardan tozalaydi,kislorod bilan boyitadi. O‘rmon,ayniqsa,insonning eng saxiy do‘sti.Uy qurishga ishlatiladigan yog‘och ham,stolning taxtasi ham ,o‘choq va pechkaga yoqiladigan o‘tin ham o‘rmondan.Qog‘oz,sellyuloza,gugurt,skipidar,dori-darmonlar va boshqa son-sanoqsiz narsalarning ko‘pi o‘rmon saxovatidir.Yong‘oqlar-chi,?Hosildor dalalar,chuqur daryolar,musaffo,chunki u bu ne‘matlarning hammasidan foydalanadi.Bundan tashqari,o‘rmon insonga o‘zining go‘zal manzarasini in‘om qiladi.O‘rmonning bag‘ri keng,unga kelib to‘yib-to‘yib dam olsa bo‘ladi. O‘rmonlar xilma-xil bo‘ladi.Shimolda juda keng maydon bo‘ylab ignabargli o‘rmonlar cho‘zilgan.Bu yerlarda qoraqarag‘ay,tilog‘och,kedr kabi daraxtlar o‘sadi.Keyin aralash daraxtli o‘rmonlar boshlanadi.Ularda qarag‘ay va qoraqarag‘ay bilan yonma-yon qayin,tog‘ terak,qandog‘och singari daraxtlar o‘sadi.Biroz janubroqda esa eman,zarang,bo‘ka,shumtol kabi yaproqli daraxtlar keng yoyilgan. O‘rta Osiyo tog‘laridagi o‘rmonlarni bog‘larga o‘xshatish mumkin.Bu yerlarda yong‘oq,bodom,yovvoyi olma,nok kabi daraxtlar o‘sadi. O‘rmon naqadar boy va ko‘rkam.Shuning uchun har bir daraxtni,har bir butani,har bir o‘tni ehtiyotlash,eng avvalo yong‘indan asrash zarur.O‘rmonni muhofaza qilish-mamlakatimizda tabiat muhofazasi bo‘yicha qilinadigan ishlarning muhim qismidir.

Harakatlarimizning barchasini termamizning alohida a‘zolari-mushaklar,ya‘ni muskullar bajaradi.Odam tanasida ularning soni 500ga yaqin va har birining o‘z vazifasi bor. Muskullar qisqarish va bo‘shashishdek alohida xususiyatga ega;miyadan nervlar orqali buyruq olganida qisqaradi va keyin avvalgi holatga qaytadi.Ko‘pincha u har ikkala uchi bilan skeletning turli suyaklariga tutashgan bo‘ladi.Shu sababli muskullar qisqarganda tegishli suyaklarning holati o‘zgaradi-harakat yuz beradi.Qo‘l,oyoq,barmoq shu tarzda-muskullar yordamida bukiladi va yoziladi. Bitta qadam tashlash uchun kamida yigirmata muskul ishlashi zarur.Odatda,ba‘zi muskullar qisqarganda,boshqalari bo‘shashishi kerak.Masalan,boshni chapga buruvchi muskullar qisqarganda,boshni o‘ngga buruvchi muskullar bo‘shashishi lozim.Bularning bari muayyan tartibda kechadi.Yaxshi ham organizm shunday tuzilganki,oddiy harakatlarning hammasini biz beixtiyor,o‘ylab o‘tirmasdan bajaramiz. Odam o‘zida nihoyatda murakkab harakatlarni ham beixtiyor bajarish qobiliyatini rivojlantirish mumkin. Pianinochi murakkab musiqa asarini ijro etayotganida barmoqlari klavishlarni minutiga 120 marta bosadi,lekin u navbatdagi klavishni qaysi barmoq bilan bosishni o‘ylab o‘tirmaydi.Pianinochi tirishqoqlik bilan mashq qilishi natijasida qo‘l muskullarini beixtiyor ravishda,avval sekinroq,keyin borgan sari tezroq harakatlanishga o‘rgatgan.Mashina oldida to‘siq paydo bo‘lganda haydovchi ham o‘ylab o‘tirmasdan,beixtiyor ravishda tormozni bosadi.Sirk va balet artistlari,sportchilar muskullarini ajoyib tarzda boshqara oladilar. MohigulNarzikulova (munozara) 05:39, 22-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

Zor MohigulNarzikulova (munozara) 02:16, 24-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

Havoda rangsiz,hidsiz,ta‘msiz hamda nafas olishda qatnashadigan gaz bor.Bu kisloroddir.Barcha tirik mavjudotlarning nafas olishi uchun har kuni juda ko‘p miqdorda kislorod sarflanadi.Sayyoramizda har yili qanchadan-qancha katta va kichik pechlar yoqiladi.Faqat isitish pechlari emas,balki sanoat pechlari-domna,marten va kuydirish pechlarining soni behisob. Daraxtlarning ko‘m-ko‘k yaproqlari bo‘lmaganida edi,biz allaqachonlar kislorod tanqisligidan nobud bo‘lgan bo‘lardik.Daraxt yaproqlariga quyosh nuri tushganda ular havodagi karbonat angidrid gazini yutib kislorod chiqaradi va shu tariqa yer atmosferasida kislorod o‘rnini to‘ldiradi. Kislorod faqat havodagina mavjud emas.Kislorod boshqa gaz,masalan,vodorod gazi bilan birikib,suv hosil qiladi.Yer po‘ostidagi har qaysi atomning ikkinchisi kislorod atomidir. Bundan ikki yuz yillar avval odamlar kislorodning nimaligini bilmas edilar.1770-yildagina kimyogarlar birinchi marta ba‘zi moddalar qizdirilganda ajralib chiqadigan gaz xuddi sham havoda qanday yonsa,shunday yonishini payqadilar.Fransuz olimi Antuan Lavuazye bu gazning o‘yuvchi suyuqliklar-kislotalar hosil bo‘lishida faol ishtirok etishini kashf qildi.Shuning uchun Lavuazye bu gazni lotincha "oksigenium"deb atadi.Bu so‘z "kislota hosil qiluvchi","kislorod"degan ma‘nolarni bildiradi. MohigulNarzikulova (munozara) 17:15, 23-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

Terrarium-suvda va quruqlikda yashovchi hamda sudralib yuruvchi hayvonlar boqiladigan maxsus joy bo'lib,u lotincha "terra",ya'ni "yer"so'zidan olingan. Agar hayvonot bog'iga borgan bo'lsangiz,siz ilon yoki toshbaqa yashaydigan terrariumni albatta ko'rgansiz.Unda yer ham,suv to'ldirilgan hovuz ham,toshlar ham,hatto o'simliklar ham bor.Terrariumlarda hayvonlarga ular yovvoyi holda qanday yashagan bo'lsa,shunday sharoit yaratib berilgan. Terrariumga joylaahtiriladigan hayvonlarning tana harorati doimiy bo'lmaydi,umuman ularning ko'pi faqat issiq sharoitdagina yashashi mumkin.Shuning uchun terrariumga har doim kerakli harorat saqlab turiladi. Terrariumlar katta yoki kichik qilib quriladi;kattalarida,masalan,bo'g'ma ilonlar yoki echkemarlar yashaydi.Kichik terrariumlar baqa yoki kaltakesaklar uchun qulay. Kichkina terrariumni o'zingiz ham yasashingiz mumkin.Buning uchun eskirib qolgan akvariumdan ham,shisha bankadan ham foydalansa bo'ladi. Albatta,eski akvarium qulayroq.Uning ichiga tuproq soling,suv uchun idish qo'ying(faqat uni qirralari chiqib turmaydigan qilib ko'mish qo'yish kerak),toshchalar,yo'sin ham soling.Suvni vaqti-vaqti bilan almashtirib turishni unutmang.Bunday "xona"da kaltakesak,baqa,suv iloni,triton,daraxt baqalari o'zini juda yaxshi sezadi.

Agar terrariumning hamma devorlari oynavand bo'lsa,ustini yopib qo'yish mumkin emas:hayvonlar nafas ololomay dimiqib qoladi.Ochiq qoldirish ham mumkin emas:terrariumda yashovchi ba'zi hayvonlar hatto silliq devorda ham yurishga qodir bo'ladi.Shuning uchun oynavand terrariumning ustini to'r bilan yopib qo'ying.Havo bulut va  sovuq bo‘lgan kunlari terrariumda yashayotgan hayvonlar harakatsiz bo‘lishi yoki umuman "uyqu"ga ketib qolishi mumkin.Mana shunday kunlari uning yaqiniga biron isitgich asbob (lampa) qo‘yib,terrariumda kerakli haroratni saqlab turish lozim. MohigulNarzikulova (munozara) 06:58, 24-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

Lobzik bilan arralash[manbasini tahrirlash]

Mehnat darsida,to‘garaklarda,uyda bolalar faner (yoki plastmassa,organik shisha,yupqa metall listi)dan bejirim gullar (naqshlar)yasashadi.Undagi nozik yo‘llar yupqa,ensiz,kalta arra-lobzikda arralanadi. Lobzik bilan arralash uchun yana qisqich,dastgohcha,bigiz,nozik egovchalar,qum qog‘oz,gul andazasi kerak bo‘ladi. Arralash uchun qiyshayib ketmagan,ko‘zsiz va darz ketmagan quruq faner bo‘lagi olinadi.Unga gul tushirish uchun sirtini qog‘oz bilan tozalab,ustiga qora qog‘ozni,so‘ngra gul andazasi qo‘yiladi.Bularning hammasi birgalikda knopkalab chiqiladi,gul andazasi chetlaridan qalam yuritiladi,to‘g‘ri chiziqlarni chizg‘ich bilan,dumaloqlarini sirkul bilan chiziladi. Agar faner qalin bo‘lsa,yirik tishli arracha,yupqa faner (plastmassa,organik shisha,yupqa metall listi)uchun mayda tishli arracha olinadi. Arracha tishlarini pastga qaratib,dasta yo‘nalishida lobzik qisqichlariga mahkamlanadi.Arracha juda tarang turishi kerak. Arralash dastgohi qisqich yordamida stolga mustahkamlanadi,uning ustiga fanerni qo‘yib,chap qo‘l bilan bosib turiladi.Lobzik arrachasi bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasida yurgizilishi kerak. Arralayotganda to‘g‘ri o‘tirish kerak,arrachani qiyshaytirmay, lobzikni qattiq bosmay yurgiziladi.Chiziq keskin buriladigan joylarda lobzik bir joyda ushlab turiladi va ayni vaqtda fanerni kerakli yo‘nalishda burib yurgiziladi. Arrani gul chetlaridan chiqarib yubormaslik,qalam izlarini detal tomonda qoldirish kerak.Arracha juda qizib ketmasligi uchun vaqt-vaqti bilan tanaffus qilinadi. Ichki teshiklarni arralashda arrachaning yuqori uchi qisqichdan chiqariladi,teshikdan o‘tkaziladi va yana joyiga mahkamlab qo‘yiladi.Qolgan barcha maslahatlarni (faner detallardan modelni qanday qilib yig‘ish,fanerni qanday bukish va yopishtirish,uning sirtiga ishlov berish haqida)arralab naqsh solish uchun chiqarilgan maxsus albomlardan o‘qib olish mumkin.Bu ishda sizga mehnat darsi o‘qituvchisi,to‘garak rahbari ham ko‘maklashadi. MohigulNarzikulova (munozara) 08:11, 24-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

"Nilufar"guli[manbasini tahrirlash]

Ko‘l va hovuzlarda bir-biriga juda o‘xshash bo‘lgan bir oilaga mansub ikki xil ajoyib o‘simlik o‘sadi.Ulardan biri oq rangli,ikkinchisi sariq rangli.Ularning yaproqlari ham,katta va o‘g‘ir ildizpoyalari ham bir-biriga juda o‘xshash bo‘ladi.Olimlar bu ikki o‘simlikni hatto "nimfeya"deb atashadi.Xalq orasida u nilufar deb ataladi.Bu o‘simliklar gullab,gulini to‘kkandan keyin ulardan qalin to‘q yashil rangli mevasi-kosachasi qoladi.Shu kosachaning ichida ana shu o‘simlikning urug‘i bo‘ladi. Mana,ko‘klam ham oxirlab,yoz yaqinlasha boshladi.Suv yuzida esa birinchi yashil kosacha-barglar paydo bo‘ladi.Bu gullarga nazar solib yursangiz,ularda barglar paydo bo‘lganidan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay qattiq yashil g‘uncha qad ko‘taradi,shundan bir-ikki kun o‘tgach ertalab nilufarning oppoq gul bo‘lib ochilganini ko‘rasiz.Nilufarning guli asta-sekin ochiladi.Moviy suv betida nilufarning guli juda chiroyli ko‘rinadi,ko‘hna afsonada so‘zlanganidek,go‘yoki bu gul bir vaqtlari,qadim-qadimda ajoyib go‘zal qiz bo‘lganligini tasavvur etasiz. Nilufarni har kuni kuzatib boring va uning ertalab qaysi vaqtda ochilib,kechqurun qaysi vaqtda yumilishini belgilab qo‘ying.Shunda siz nilufarning ertalab ayni bir soatda ochilib,kechqurun ayni bir soatda yumilishiga ishonch hosil qilasiz. Kuz kirib kelgach,nilufarning eski kosacha-barglari suv tubiga cho‘kib ketadi va faqat qo‘ng‘ir tusli meva-kuvachalargina qoladi.Shamol va to‘lqin ularni har tomonga uchirib yuboradi.Kuvachalar ochilib,urug‘lar suv betiga tarqalib ketadi.Qushlar esa urug‘larni yangi-yangi joylarga olib borib tashlaydilar.Vaqt o‘tib boshqa daryo,ko‘l va hovuzlarda boshqa bolalar yoz boshida jozibador oq hamda lovullab turgan sariq nilufarni ko‘rib zavqlanadilar. MohigulNarzikulova (munozara) 08:44, 24-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

Zarina(miloddan avvalgi 7-asr)[manbasini tahrirlash]

Zarina-sak qabilasi malikasi va podshosi.Midiya davlati bilan Parfiyani egallash uchun uzoq muddatli urushlar olib borgan.Nihoyat,tarixchi Ktesiyning yozishicha,o‘rtada sulh shartnomasi imzolanib ,har bir tomon umrbod do‘st va harbiy ittifoqdosh bo‘lishga kelishgan.Zarina o‘zining jangovarligi,zarurligi,uddaburonligi,aql-zakovati,husn-u tarovati bilan boshqa sak ayollaridan ajralib,ustun bo‘lgan.Saklarda urush xavfi tug‘ilgan paytda ayollar ham erkaklar bilan bir qatorda turib jang qilganlar.Zarina saklar yurtini qo‘shni ko‘chmanchi qabilalar asoratidan xalos etib,mamlakat obodligi yo‘lida xayrli ishlar qilgan,ko‘plab shaharlar bunyod etgan.Xalq farovonligi uchun ulkan hissa qo‘shgan.Shu tufayli,Zarina vafot etgach,vatandoshlari uning yorqin xotirasini e‘zozlash maqsadida tarixda misli ko‘rilmagan maqbara barpo etishgan.Uch burchakli piramida shaklidagi mahobatli maqbaraning har bir tomoni uzunligi 3 stadiy (1 stadiy 176.6 metrga teng)bo‘lib,uning o‘tkir uchi ko‘kka bo‘y cho‘zgan.Maqbaraning tepasida esa Zarinaning oltindan yasalgan ulkan haykali o‘rnatilib,uning jasoratlari madh etilgan hisoblanadi.Uning ajdodlari xotirasi uchun o‘tkazilgan marosimlarda ham Zarina yodga olingan. MohigulNarzikulova (munozara) 10:07, 24-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

Polimerlar tabiatda har qadamda uchrashi mumkin.Ular har bir mikroorganizm,o‘simlik va hayvonlarning muhim qismi sanaladi.Inson organizmini tashkil etgan moddalar orasida ham polimerlar kam bo‘lmaydi.Mushak to‘qimalari,teri va soch ham polimerlardir.Bu polimerlar organizmning hayot faoliyati natijasida hosil bo‘lgan. Polimerlar tabiiy va sun‘iy polimerlarga bo‘linadi. Yaqin vaqtlargacha polimerlar faqat tabiatda paydo bo‘lgan.Endilikda esa inson ularning sirini bilib oldi.Polimerlar oddiy molekulalar guruhlari-monomerlardan tashkil topgan molekulalar zanjiridan iborat ekanligi aniqlandi.Bu xilda tuzilgan monomer guruhlari ko‘p marta takrorlangan bo‘ladi.Monomerlar gazsimon,suyuq va qattiq holatda bo‘lishi mumkin.Polimerlar esa faqat suyuq va qattiq holda bo‘ladi. Uzun molekula-zanjirchalarning bir-biri bilan turlicha birikuvi moddalarga puxtalik,egiluvchanlik,qayishqoqlik va nafislik bag‘ishlaydi.Ba'zi polimerlarning plastmassalar deb atalishi ham bejiz emas.Agar ular koptoksimon bo‘lib joylashgan bo‘lsa,rezina xossasiga ega bo‘lgan modda paydo bo‘ladi. Agar zanjirchaga yana bir molekulalar guruhi qo‘shilsa,polimerda yangi xossasalar hosil bo‘ladi.Olimlar o‘sha sirni bilib olgach,bir necha o‘n moddalardan o‘n ming moddalardan polimerlar olish usullarini ishlab chiqadilar. MohigulNarzikulova (munozara) 10:30, 24-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

Odatda oqsil deganda tuxum sarig‘ini o‘rab olgan oqi tushuniladi.Lekin oqsillarning son-sanoqsiz ekanligini,butun tirik mavjudot ulardan tuzilganini bilasiz.Tuxumning sarig‘i ham sariq rangda bo‘lgani bilan turli xil oqsillardan iborat. Oqsillar tarkibiga o‘zgarmas nisbatda azot,uglerod,vodorod,kislorod,deyarli o‘zgarmas nisbatda oltingugurt va ba‘zan,fosfor kiradi. Hayot bor joyda oqsil ham mavjud.Muskullarda ko‘z ilg‘amas oqsil "prujinalari"harakat qiladi.Ko‘zning ichki sirti yorug‘likka sezgir oqsil qatlami bilan qoplangan.Yoritkichli qo‘ng‘izning tanasidagi maxsus oqsil tunda miltillab yonib turadi.Demak,u bir hujayrali suv o‘simliklari va bakteriyalar,ko‘p hujayrali o‘simlik va hayvonlar,odam organizmi hujayralari va hatto,tirik organizm bilan o‘lik tabiat chegarasida turgan viruslarning ham ajralmas tarkibiy qismidir. Dengiz lappak balig‘ining elektr a‘zosida oqsil moddalar elektr ishlab chiqaradi.Oqsil organizmning oziqlanish,o‘sishi,harakatlanishi,sezuvchanligi,miyaning faoliyatini boshqaradi.Ular yana qanchadan-qancha ishlarni ro‘yobga oshirmaydi deysiz! Daraxt barglari va boshqa o‘simliklarning yashil rangi ham xlorofill oqsili tufaylidir.Bu oqsilning ajoyib xususiyati bor:u quyosh nurini tutib olib,uning issiqligi yordamida oddiy moddalar-havodagi karbanot angidrid gazi hamda suvdan ancha murakkab moddalar hosil qiladi va ulardan o‘simlikning tirik tanasini yaratadi. Qonimiz tarkibida bo‘lgan qizil oqsil-gemoglobin ham hayotimiz uchun juda muhim ahamiyatga ega.Mana shu gemoglobin havodan o‘pkaga olingan nafasdagi kislorodni tutib olib,uni tanamizdagi barcha hujayralarga tarqatadi. MohigulNarzikulova (munozara) 11:08, 24-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

Xalqimiz uzoq asrlardan buyon kunjutni sevib iste'mol qilishadi hamda turli kasalliklarni davolashda qo‘llashadilar.U O‘zbekistonda deyarli barcha viloyatlarida o‘stiriladi.Kunjut bir yoki ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, taxminan 35ta turi mavjud.Kunjutning vatani Afrika hisoblanadi.Hindiston,Xitoy,Misr,Gretsiya,Eron,Meksika va boshqa mamlakatlarda ham qadimdan ekiladi.Kunjut o‘simligining bo‘yi 80-140 santimetrgacha yetadi. Poyasi tukli,yashil yoki qizg‘ish,to‘rt-sakkiz qirrali bo‘lib,tik o‘sadi.O‘q ildizi 4 metrgacha chuqurga kiradi.Bargi oddiy,tekis yoki tishsimon qirrali bo‘lib,bandi bilan poyada ketma-ket va qarama-qarshi o‘rnashgan.Gullari yirik, 1-3,ba‘zan 5tadan joylashgan bo‘ladi.Kunjut iyun va iyul oylarida gullaydi,mevasi avgust va sentabrda yetilishi mumkin.Kunjut urug‘i pishganida o‘simlik o‘tib olinib,ochiq yerda quritiladi va yanchib urug‘i ajratiladi.Urug‘idan moy olish uchun yog‘-moy zavodlariga yuboriladi.Urug‘i tarkibida 47-61%gacha moy mavjud.Sifatiga ko‘ra zaytun moyiga yaqin turadi.Moyi ovqatga,oziq-ovqat sanoati hamda tibbiyotda ishlatiladi.Urug‘i shirinliklarga qo‘shiladi,non yuziga sepiladi. MohigulNarzikulova (munozara) 13:22, 24-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

Katta va kuchli losos (sulatmonbali)sayozlanib qolgan daryo oqimining yuqorisiga zo‘r berib intiladi.Yonlarini toshlar tilib tashlamoqda,suv arang yopib turgan oyquloqlari jon holatda titramoqda.Biroq baliqni orqaga,keng okeanga qaytarishga qodir kuch mavjud emas.Chunki u shu yerda uvildiriqdan chiqqan,uning nasli ham shu yerda dunyoga kelishi kerak.Buni insoniy,ya‘ni hayvonlarda nasldan-naslga o‘tib keluvchi xatti-harakatning "bosh rejasi"tslab qiladi.Ayni mana shu instinkt ayiqni qishlash uchun qulay uya topib,unga xazon to‘shashga majbur etadi.Asalari boshqa asalarilar qanday uya qurishini mutlaqo ko‘rmagan bo‘lsa ham,buning uddasidan chiqa oladi. Hayot go‘yo o‘qituvchi kabi,tirik qolish uchun og‘ir sharoitlarda nima qilish kerakligi to‘g‘risida har kuni xilma-xil muammolarni o‘rtaga tashlaydi.Agar hayvonlar ko‘p asrlar mobaynida aynan bir xil muammolarga duch kelaverishsa,ularni hal qilib o‘tirishmaydi.Hayvonlarda ularning xatti-harakatini boshqaradigan muayyan instinkt vujudga keladi. Albatta,bu juda qulay.Lekin u yoki bu hayvon yashaydigan sharoit o‘zgarib turadi.Yangi sharoitda esa instinkt foyda emas,zarar bo‘lishi mumkin.Masalan,Amerika bizonlarida poda instinkti kuchli rivojlangan edi.Poda bo‘lib yashaganda ayiq va bo‘rilardan saqlanish qulay bo‘lgan.Ammo miltiqli odam kelganida bu afzallik zararga aylanadi,chunki podadagi hayvonlarni otish o‘ta oson bo‘lishi tabiiy. Shunday qilib,instinkt ko‘r-ko‘rona tuyg‘udir.U ba‘zida hayvonni halokatga ham olib boradi,ammo hayvonot olami bu tuyg‘usiz yashay olishmaydilar.Instinkt tur uchun maqsadga muvofiq,foydali xususiyatdir. MohigulNarzikulova (munozara) 15:45, 24-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]