Foydalanuvchi:MohigulNarzikulova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqimizda "Oy[1]da ham dog‘ bor bor"degan naql bor.Bu naql bejiz aytilmagan.To‘liq oy paytida Oyga tikilib qarasangiz,haqiqatan ham uning sirtida qandaydir dog‘lar borligini ko‘rasiz.Uzoq vaqtlargacha bu dog‘lar sirligicha qolib keldi.Yerdan Oy oddiy ko‘z bilan kuzatilsa,har doim uning sirtida bir xil kulrang dog‘larni ko‘rish mumkin.Bu shuni bildiradiki,Oy Yerga hamisha faqat bir tomoni bilan o‘girilib turadi.Oyning o‘z o‘qi atrofida aylanish vaqti uning Yer atrofida aylanish vaqtiga,ya‘ni 27 1/3 sutkaga teng.Oyning yerdan ko‘rinmaydigan teskari tomonini kosmik uchish apparatlari yordamidagina tadqiq qilish mumkin bo‘ldi.Oyni va Koinotni o‘rganish uchun "Luna"sayyoralararo avtomatik stansiyalari uchirildi. "Luna-2"birinchi marta Oyga yetib bordi(1959), "Luna-9" Oyga yumshoq qo‘ndi(1966), "Luna-10" Oyning birinchi sun‘iy yo‘ldoshi bo‘ldi(1966),"Luna-16" Oy tuprog‘ini Yerga olib tushdi(1970),"Luna-17" Oyga o‘ziyurar oy apparatini (<<Lunoxod-1>>)ni olib chiqdi(1970).Luna stansiyalari uchirildi.1969-yil 21-iyulda AQSHda "Apollon-11"kosmik kemasida astronavtlar N.Armstrong,E.Oldrin Oy sirtiga qadam qo‘yishdi. Bu kosmik kemalar Oy haqida mukammal ma‘lumotlar olishga imkon berdi.Oy-Yerga eng yaqin osmon jismi,Yerning tabiiy yo‘ldoshi.U har doim Yer atrofida cho‘ziq doira-ellips shaklida aylanganligi uchun Yerdan Oygacha bo‘lgan masofa-356 ming kilometrdan 406 ming kilometrgacha. Oy kurrasi Yer kurrasidan ancha kichik-diametri to‘rt marta,hajmi 49 marta kichik.Yer kurrasi moddalaridan har biri Oy og‘irligiga teng keladigan 81 ta Oy kurrasini yasash mumkin bo‘lardi.Oyning o‘zi yorug‘lik chiqarmaydi.Lekin Oy kechalari tunni yoritadi-ku,dersiz.To‘g‘ri,yoritadi.Biroq buning sababi,shundaki,Oyning sirtidan Quyosh nurlari qaytadi.Oy qaytargan nurlarning bir qismi tunlari yerni yoritadi.Oyning qaytargan nurlarning bir qismi tunlari Yerni yoritadi.Oyning Quyosh yoritgan butun yarmi Yerga qarab turgan paytda biz uni nurlanib turgan doira disk sifatida ko‘ramiz.Bunda u to‘lin oy bo‘lib ko‘rinadi.Ko‘pincha,Oyning yoritilgan tomoni Yerdan faqat qisman ko‘rinadi.Bu holda Oy osmonda o‘roq,yarim doira va chala doira shaklida ko‘rinadi.Agar Oy Quyosh bilan Yer o‘rtasiga tushib qolsa,biz Oyni butunlay ko‘rmaymiz.Bunda yangi oy "tug‘iladi". Ba'zan,yangi Oy tug‘ilishi paytida Oy Quyoshni to‘sib qoladi.Shunday paytlarda Quyosh tutilishi yuz beradi.Shunday ham bo‘ladiki,ba‘zan,Oy to‘lgan paytida Yer Oyga soya tashlaydi.Shunda Oy tutilishi yuz beradi.

  1. „Oy“.